Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

100 minglik banknota dollar o‘rnini bosadi

Joriy yilning 15 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qullagani haqida xabar bergan edik.

Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyevning ta’kidlashicha, 100 000 nominaldagi kupyura asosan jamg‘arish uchun foydalaniladi. Bu haqda “Pravda vostoka” nashri xabar berdi.

Banknota nominali qancha yirik bo‘lsa, inflyatsiya ham kuchayib boradi degan fikr mavjud. Ekspertlr fikricha, bu jarayonlar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Ta’kidlanishicha, 100 minglik banknota xorijiy valyutaga alternativ vazifasini o‘taydi va o‘zaro hisob-kitoblarda dollarning muomalasini kamaytirishga imkon yaratadi.

Markaziy bank vakili bir qism aholi hamon pulini dollarga aylantirib, yostiq ostida saqlayotganiga to‘xtalib o‘tgan.

“10 ming dollar misolida olganda 2018 yilda bir fuqaro kursning 8150 so‘mdan 8300 so‘mga yetishi natijasida mablag‘ini 1,5 mln so‘mga ko‘paytirib olgan. Agar o‘sha pullar bankda saqlanganda foyda bir necha millon so‘m bo‘lishi mumkin edi”, deb ta’kidlanadi xabarda.

50 minglik kupyura chiqqanda, aytaylik, bir stakan semechka narxi o‘zgarmadi. Bunday misollar ko‘p. Inflyatsiyaga hatto QQCh to‘lovchilarning ko‘payishi ham ta’sir qilmaydi”, deb tushuntirgan Behzod Hamroyev.

U shuningdek, 50, 100, 200 va 500 nominaldagi tanga pullarning muomalag kiritilishi ham u qadar samarali bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan. buning sababi o‘laroq ikki omilni keltirgan. Birinchidan, odamlar metall pul ishlatishga odatlanmagan, ikkinchidan, bu nominaldagi qog‘oz pullar hamon muomaladan yig‘ishtirib olinmagan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7095 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar, banknota, 100 minglik, o‘rnini bosadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное