Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"101 reys" filmining suratga olish ishlari davom etmoqda


"O‘ZBEKKINO" MILLIY AGENTLIGI buyurtmasiga binoan Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norboyev tomonidan yaratilayotgan " 101 reys" filmining suratga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Unda aktyor va aktrisalar butunlay o‘zgacha va kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘lishadi. Filmda Lola Eltoyeva, Bahora Arslonova, Nigina Anarbayeva, Hoshim Arlonov, Samiddin Lutfullaev va boshqa aktyor va aktrisalar ishtirok etmoqda.
“101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Film Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2748 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 101 reys
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное