Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, ertaga, 10 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Toshkent shahrida havo harorati kunduzi 18-20 daraja, kechasi 6-8 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kunduzi 9-14 daraja, kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati 15-20 daraja, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 23 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida havo o‘zgarib turadi, ertalab kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 12-17 daraja, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Durdona Rasulova