Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

148 daqiqa + 300 million dollar = "spektr"!

SYuJET:

Jeyms Bondni topshiriq bilan Mexikoga yuborishadi. Undan so‘ng Rimga. Italiya poytaxtida Bond mashhur jinoyatchining sevgilisi Lyusi (Monika Beluchchi) bilan uchrashib qoladi. Sirli yig‘inda sirli tarzda ishtirok etgan Bond “Spektr” nomli yovuz maqsaddagi tashkilot haqidagi muhim ma’lumotlardan xabar topadi. Bu paytda Londonda xavfsizlik masalalalari markazi yangi rahbari josus 007 ishiga shubha bilan qaraydi va  MI-6 ahamiyatini inkor etadi. Bond sirli ravishda Madlen Suonn (Lea Seydu) - uzoq yillik dushmani janob Uaytning qizini topishga kirishadi. Uning yordamida 007 “Spektr”ni yakson qilishni maqsad qiladi.
Film voqealari London, Mexiko, Rim, Marokko va Avstriyada kechadi.
FAKTLAR:
·         Bu gal Bond avtomashinasi kumush rangli “Aston Martin DB 10” bo‘ldi. Raqami DB10 AGB. Raqam quyidagini anglatadi:  DouBLe O AGent Bond – ikkita nol Agent Bond.
·         Filmni suratga olish ishlari 2014-yilning 8-dekabrida boshlanib, 8 oy davom etdi.
·         Film saundtrekini Sem Smit kuyladi. “Writing`s On The Wall” – joriy yilning 25-sentyabrida prembera qilingan bu qo‘shiq Buyuk Britaniya TOP-100 reytingida birinchi o‘ringacha ko‘tarildi.
 
“Bondiana”lar tarixidagi eng qimmat kartina deya e’tirof etilayotgan “Spektr”ning olamshumul premerasi bir necha kunlar oldin Londonda bo‘lib o‘tdi. 148 daqiqa + 300 million  dollar = “Spektr”! Yangi “bondiana” 6-noyabr kuni Rossiya va O‘zbekistonning katta ekranlarida ilk namoyishini boshlaydi!
Taassurotlarni ham aynan shu kuni saytimiz orqali bo‘lishamiz!
Jasur HAMROYEV  


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5500 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Don9498 Unda kutib qolamiz 6-nayabirgayam ozqoldi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное