Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

15 daqiqada tayyorlanadigan 5ta pechene resepti

KOKOSLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
•  100 g un;
•  100 g shakar;
•  200 g kokos qirindisi;
•  2 ta tuxum;
•  1 ch. l. razrixlitel.
Tayyorlanishi:
1.  Tuxumni shakar bilan aralashtiring.
2.  Kokos qirindisini soling.
3.  Unni razrixlitel bilan kam-kam qo‘shib, xamir qoring.
4.  Xamirni yarim soatga muzlatkichga qo‘ying.
5.  Qo‘lingizni namlab, xamirdan pechenelar shaklini yasang.
6.  Pechenelarni 180°S  haroratda qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib oling.
OLMALI PEChENE
Zarur masalliqlar:
•  120 g shakar;
•  1 paketcha vanilin;
•  4 tuxum;
•  200 g margarin;
•  500 g un;
•  1 paketcha razrixlitel;
•  3 olma.
Tayyorlanishi:
1.  Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtiramiz, eritilgan margarinni qo‘shamiz, keyin un bilan razrixlitelni  solib xamir qoramiz.
2.  Olmalarni tozalab, kubik shaklida to‘g‘raymiz va xamirga solamiz.
3.  Maxsus qog‘oz solingan tovaga qoshiq bilan xamirdan olib qo‘yib chiqamiz va 200 °S haroratda qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pechenelarni tillo rangga kirguncha pishirib olamiz.
KUNJUTLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
•  70 g un;
•  60 g sariyog‘;
•  120 g shakar;
•  1 tuxum;
•  1/2 kichik qoshikda vanilin yoki 1 paketcha vanil shakari;
•  1 kichik qoshiqda limon soki;
•  160 g kunjut;
•  1/2  kichik qoshiqda razrixlitel;
•  1/2 kichik qoshiqda tuz.
Tayyorlanishi:
1.  Un, razrixlitel va tuzni aralashtiramiz.
2.  Yumshatilgan sariyog‘ni shakar bilan aralashtirasiz, keyin tuxum, vanil va limon soki qo‘shilib, mikserda 20–30 soniya aralashtiriladi.
3.  Mikserni sekin qo‘zg‘ab, un kam-kam qo‘shiladi.
4.  Hosil bo‘lgan xamirga kunjutni ham solib, aralashtirasiz.
5.  180°S  haroratda qizdirilgan gaz pechida, maxsus qog‘oz to‘shalgan tovada aylana shaklidagi pechenelarni 8-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. 
ShOKOLADLI PEChENE
Zarur masalliqlar:
•  240 g shokolad;
•  4 osh qoshiq sariyog‘;
•  2/3 piyola un;
•  1/2 k. q. razrixlitel;
•  1/2 k. q. tuz;
•  2 katta tuxum;
•  3/4 piyola shakar;
•  1 k. q. vanil shakari
•  150 g mayda to‘g‘ralgan shokolad.
Tayyorlanishi:
1.  Gaz pechini 180°S  haroratgacha qizdiring.
2.  Tovaga maxsus qog‘oz tushang.
3.  Shokoladni maydalang.
4.  Mikser bilan shakar, tuxum va vanil shakarini aralashtiring (4 daqiqa davomida).
5.  240 g shokoladni sariyog‘ bilan suvli bug‘da yoki mikrovalnoviy pechda eriting. 
6.  Eritilgan shokoladni shakarli aralashmaga qo‘shing.
7.  Alohida idishda un, razrixlitel va tuz. Unga shokoladli aralashmani qo‘shib xamir qoring.
8.  Xamirga qolgan 150 g shokolad bo‘lakchalarini soling.
9.  Aylana shaklidagi pechenelarni 12–15 daqiqa davomida pishirib oling.
«MADLEN» PEChENELARI
Zarur masalliqlar:
•  120 g un;
•  2 tuxum;
•  80 g shakar;
•  90 g sariyog‘;
•  1 katta qoshiqda limon suvi;
Tayyorlanishi:
1.  Sariyog‘ni eritib, tuxum va shakarni qo‘shasiz.
2.  Mikser bilan yaxshilab aralashtiring.
3.  Un va limon sokini solib, xamir qoring.
4.  190–200°S   haroratda qizdirilgan gaz pechida 12–15 daqika davomida pishirib oling.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3911 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 15 daqiqa, pechene resepti, tayyor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное