Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

16-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi


16-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 15—20, kunduzi 7—12, Ustyurt bo‘ylab kechasi ba’zi joylarda 20—23 darajagacha, kunduzi 10—15, Xorazm viloyatida kechasi 10—15, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 1—6 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 15—20, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 1—6 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8—13, kunduzi 4—9 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2818 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное