Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

17 yanvar kuni O'zbekistonning ba'zi hududlarida qor yog'ishi kutilmoqda

Gidrometeoroloiya markazining xabariga ko'ra, Toshkent shahrida 17 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg'ir va qor yog'ishi mumkin.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahrida yog'ayotgan yomg'ir qorga aylanishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba'zi joylarida yomg'ir yog'adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog'ingarchiliklar kuzatilmaydi.

17 yanvarga o'tar kechasi faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati (-5 darajagacha sovuq), Farg'ona vodiysi viloyatlari (-2 darajagacha sovuq) hamda tog'li hududlarda (-3 darajagacha sovuq) havo harorati 0 darajadan past bo'ladi. Qolgan hududlarda 0-7 daraja iliq bo'lishi kutilmoqda.

17 yanvar kuni kunduzi Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Toshkent shahrida havo harorati 0-5 daraja, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida esa 10-11 darajagacha iliq bo'ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2629 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 17 yanvar kuni O'zbekistonning ba'z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное