Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

19—20-avgust — umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilindi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishiga binoan, joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19—20-avgust — umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi. Bu haqda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi Axborot xizmati xabar berdi.
“Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom — Mustaqilligimizning yigirma olti yillik tantanalarini “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda… Milliy qadriyatlarimizga xos o‘zaro mehr-oqibat va saxovatni yanada kuchaytirish, ijtimoiy hamkorlik, beg‘araz yordam va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hududlarini, aholi turar-joylarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, eng asosiysi, mustaqilligimizning yigirma olti yillik shodiyonalarini munosib kutib olish hamda nishonlashdek ezgu maqsadlarni mujassam etgan bu muhim hujjatda oylik doirasida hamda hashar kunlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilangan”, — deyiladi xabarda.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2413 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xashar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное