Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 fevral oxirzamonmi? O‘zbek olimlari izoh berdi


Yaqinda Rossiya telekanali Yer tomonga ulkan asteroid yaqinlashayotgani va u 2019 yil 1 fevralda Yerga urilib, oxiri zamon bo‘lishi haqidagi video materiallarni tarqatdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ushbu xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning ro‘yxati astronomlarga avvaldan ma’lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi.

2019 yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20 dan ortiq bo‘lib, ularning Yerga o‘rtacha yaqinlashish masofasi 5 million kilometrni tashkil etadi.

Ertaga, ya’ni 1 fevralda Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan bo‘lib, unga 2019AV2 dastlabki nom berilgan. Uning o‘lchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 million kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning traektoriyasi Yerga yo‘naltirilgan chiziqqa tik yo‘nalishda bo‘ladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagi traektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Rossiya telekanali xabarida Yerga yaqinlashayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda, deyilgan. Bu fikr xabarning yolg‘onligidan darak beradi. Chunki asteroidlar Quyosh tizimi a’zolari bo‘lib, ularning boshqa galaktikalarga aloqasi yo‘q.

Shu bois bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng, uning mutlaqo yolg‘on uydirma ekanligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi Astronomiya instituti xabarida.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7708 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 1 fevral
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное