Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Pazanda - Sad Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 fevraldan O‘zbekistonda avtomobillarda gaz ballonlardan foydalanish taqiqlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish hamda ularda gaz ballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 fevralidan e’tiboran O‘zbekistonda avtomobillarda kompozit qoplamali gaz ballonlardan foydalanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi matbuot xizmati kotibi Olimjon Jo‘raev O‘zA muxbiri bilan suhbatdaushbu taqiqqa izoh berdi.

“Tadbirkorlar tomonidan yurtimizga ko‘p yillar davomida chet mamlakatlardan avtomobillarga mo‘ljallangan turli gaz ballon va uskunalari olib kelingan. Jumladan, Xitoydan usti kompozit qoplamali, xalqona aytganda skotchli ballonlar keltirilgan. Ochig‘ini aytish kerak, mamlakatimizda avval bunday ballonlarni tekshirish va sinash standartlari mavjud emas edi. Shu bois, bu ballonlarga ularni ishlab chiqargan zavodlardan olingan sinov natijasi asosida sertifikatlar berilgan.

Keyinchalik bunday ballonlardan foydalanishda noxush hodisalar ro‘y bera boshladi.

Bunday hodisalarga mustahkamlik darajasi past bo‘lgan kompozit qoplamali gaz ballonlar, ballonlarga ortiqcha bosimda gaz quyish, metall gaz ballonlarini navbatdagi texnik sinovdan o‘tkazmaslik yoki o‘tkazilgan, deb qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirishlar sabab bo‘lmoqda.

Tegishli idoralar mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, kompozit qoplamali ballonlar metall qismining sifati va qalinligi talabga javob bermaydi”, deydi Olimjon Jo‘raev.

Ma’lumot uchun, o‘tgan vaqt davomida 55 kompozit qoplamali gaz ballonining portlashi natijasida 23 fuqaro tan jarohati olgan, 41 kishi halok bo‘lgan. Yaqinda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ana shunday ballon portlashi natijasida 2 (ulardan biri yosh bola) yo‘lovchi nobud bo‘ldi, 6 fuqaro jarohatlandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10196 | Рейтинг: 0| Рейтинг: gaz ballon, avtomobillar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное