Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Zerda - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 martdan boshlab bog‘cha xodimlarining oylik ish haqi 30 foizga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 2018 yil 28 fevral kuni “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Quyida qarorning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018 yil 1 martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 30 foizga;

b) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga;

oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 20 foizga;

maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 10 foizga tabaqalashtirib oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.

3. 2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining qat’iy ravishda 15 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida" 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V.Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev

Firdavs BEK



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6172 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bog‘cha xodimlari, 1 martdan, boshlab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное