Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundterck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Klon-soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

2015 yil davomida e’tibor markazida bo‘lgan ayol san’atkorlar
O‘tgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan bo‘lsa, Lola va Tamila lisenziyasidan mahrum etildi. Dilfuza Ismoilovaning kanja o‘g‘lining to‘yidagi “tomoshasi” esa xorijgacha yetib bordi.
Biroz avval chop etilgan "2015 yilning “o‘g‘ri” xonandalari" nomli maqola juda ko‘p xonandalarning, shou-biznes vakillarining e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Ularning aksariyati xorijiy qo‘shiqlarni o‘g‘irlab kuylayotgan xonandalar ko‘pligini ro‘kach qilib, nega Ulug‘bek Rahmatullaev, Nilufar Usmonova, Shahzoda, Manzuraning nomi bu ro‘yxatdan tushirib qoldirilganini aytib, boshqa xonandalarning ham o‘g‘irligini ro‘y-rost oshkor etishimizni talab qilishdi. Ularning bu talabi va takliflarini inobatga olgan holda tez orada o‘zbek shou-biznesidagi o‘g‘irlangan barcha qo‘shiqlar ro‘yxatini taqdim etishni rejalashtirganmiz. Bugun esa “2015 yilning muhokomalar markazidagi ayol xonandalari”ga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

“Rayhon va Yigitali mojarosi piarmidi yoki...”

2015 yilning boshidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan oilaviy munosabatlariga darz ketgani, ish ajrashishgacha yetib borgani muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylandi. Yigitalining Rayhondan oshkora noroziligi, Rayhonning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish fikri qat’iyligiyu singlisi Nasiba pochchasidan ranjigani haqidagi gap so‘zlar kundan-kunga bolalab, turli mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Kimdir buni shou-biznesdagi navbatdagi g‘iybat deb atasa, yana kimdir Rayhonning 2015 yildagi konsert oldidan piar reklamasi deb bildi. Ammo oilaviy munosabatlar allaqachon jar yoqasiga yetib kelgan edi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlar orqali Rayhon va Yigitalining notariusda o‘tirgan suratlari ham tarqaldi. Yil oxiriga kelib bu mavzu odamlarning yodidan chiqishga ulgurdi.

Manzuraning tobi qochdi, konsert bekor qilindi”

“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Manzura o‘tgan yilning 1-2-3 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida 18 yillik ijodiy sarhisob konsert dasturini taqdim etishini ma’lum qilgandi. Biroq Manzuraning to‘satdan tobi qochgani vaji bilan konsertning uchinchi kuni bekor qilindi. Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda, axborot saytlari va gazetalarda bir necha kungacha asosiy mavzu bo‘lib turdi. Telegram, WhatsApp kabi messenjerlarda chiptalar sotilmagani uchun konsertning uchinchi kuni bekor qilingani haqidagi xabarlar va Manzuraning bundan 15-20 yil muqaddam tushgan suratlari tarqaldi.

“Lola Yo‘ldoshevaga alvon rangdagi libos muammolar olib keldi”

“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda  Lola Yo‘ldosheva –  o‘tgan yil davomida eng ko‘p e’tibor markazida bo‘lgan xonanda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xonandaning O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning konsert dasturida kiyib chiqqan alvon rangdagi ochiq libosi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan ogohlantirish berilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, instagramga joylagan suratlari lisenziyasining muddatidan avval to‘xtatilishiga, radio va TVlarda qo‘shiqlariga chek qo‘yilishiga olib keldi. Rayhon bilan kuylangan duetning klipi esa efir yuzini bir bora ko‘rishga ulgurdi, xolos. Bugun youtube.com saytida 600.000 martaga yaqin tomosha qilingan ushbu klip o‘tgan yilda eng ko‘p tanqid qilingan klip sifatida qayd etildi.

Lolaning instagramga joylagan har bir surati, ularga qoldirgan izohlari, turmush o‘rtog‘i va xonanda Shahzoda bilan munosabatlari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga lisenziyasini qaytarib berishlarini so‘rab murojaat qilganiyu, ulardan rad javobini olgani yil davomida xonandaning e’tiborda bo‘lishiga asosiy omil bo‘ldi.

2015 yilning so‘ngida esa Lola Yo‘ldoshevaning lisenziyasi qaytarilib, xonandaga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.

“Dilfuza Ismoilovaning qudalari qarshisidagi "tomoshasi”

Dilfuza Ismoilova 2015 yilda ijodi bilan hayron qoldira olmagan bo‘lsa-da, xonandaning internet tarmog‘i orqali tarqalgan videosi ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi. Aprel oyida kenja o‘g‘lini uylantirgan xonandaning to‘yxonada qudalari qarshisidagi “tomoshasi” haqidagi gaplar yashin tezligida tarqalib, respublikamizning eng chekka tumanlaridan tortib, chet eldagi hamyurtlarimizning qulog‘igacha yetib bordi. Ismoilovaning navbatdagi videosi ham 2015 yilning ikkinchi yarmida ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tahlil qilingan mavzu bo‘ldi.  

“Tamilaning noodatiy suratlari tarqaldi”

Xonanda Tamila ijodini boshlabdiki tanqiddan boshi chiqmaydi. O‘tgan yilda uning “Zolim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipi TV, gazetalar va internet saytlari orqali tinimsiz tanqidlarga sabab bo‘ldi. Telegram, WhatsApp kabi messenjerlarda xonandaning noodatiy suratlari tarqaldi. Shuningdek, u ham Lolaning qatoridan o‘rin olib, lisenziyasidan ayrildi. Va yil so‘ngida uning ham lisenziyasi qaytarib berildi. Shu sabab ham xonanda yil davomida e’tibor markazida bo‘ldi.

“Hosiyat Husanova 47 yoshida farzandli bo‘ldi”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosiyat Husanova 2015 yilda, 47 yoshida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu xabarga birov ishonib, birov ishonmadi, albatta. Shunday bo‘lsa-da, aktrisa yil davomida e’tibor markazida bo‘lgan ayol san’atkorlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

“Dilso‘z haqidagi gaplar yil davomida tinmadi”

Xonanda Dilso‘z ham 2015 yilda turmush qurgan va farzandli bo‘lgan ayol xonanda sifatida ro‘yxatga kiritildi. Ochig‘ini aytganda, o‘tgan yili xonanda Dilso‘z bilan bog‘liq mish-mishlarning oxiri ko‘rinmadi. Bu ham mayliga, biroq xonandaning tug‘ruq stolidagi holati tasvirlangan suratining ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketishi endigina tin olgan muhokamalarning qayta jonlanishiga olib keldi.
 
Sizningcha, yana qaysi san’atkorlar 2015 yil davomida e’tibor markazida bo‘ldi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9695 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: e’tibor markazida, 2015 yil davomida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
guli7077 Blmadm
Like | 0
dost8050 Райхон Ганиевми
ёки Райхон Ганиевами 3 та жойда шу холатта турибди
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное