Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

2015 yilda Rossiyada eng xaridorgir bo‘lgan avtomobillar nomi ma’lum qilindi

Rossiya avtomobil bozorida 2015 yilda eng ko‘p miqdorda sotilgan avtomobil 120 182talik ko‘rsatkich bilan Lada Granta bo‘ldi. Bu haqda “Evropa biznesi assotsiatsiyasi” anjumanida ma’lum qilingan.
Qayd etish kerakki, bu orqali Lada Granta qatorasiga to‘rtinchi yilda Rossiyadagi eng xaridorgir avtomobil bo‘ldi.
Bu boradagi ikkinchi o‘rinni Hyundai Solaris egalladi. O‘tgan yilda rossiyalik xaridorlar bunday avtomobillardan 115 868tasini sotib olishgan. Uchinchi o‘rinda Kia Rio (97 097ta), to‘rtinchida Volkswagen Polo (45 390ta) joylashgan.
Rossiyada 2015 yildagi eng xaridorgir avtomobillar o‘nligida shuningdek Renault Duster (43 923), Renault Logan (41 311), Lada Largus (38 562), Lada Kalina (35 869), Lada 4x4 (35 312) va Chevrolet Niva (31 367) nomlari bor.
“Evropa biznesi assotsiatsiyasi” ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada 2015 yilda yengil avtomobillar sotilishi ko‘rsatkichlari 36 foizga pasaygan. Xususan Lada avtomobillari sotuvi ko‘rsatkichlari 30 foizga kamaygan.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 5537 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiyada eng xaridorgir bo‘lgan av
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное