Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ayol Qalbi - True Love
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Pazanda - Sad Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Pazanda - The Sound of Love
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Titanik-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

2016—2017-o‘quv yilida O‘zbekiston OTMlariga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “2016—2017-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA taqdim etdi.
Qarorda ta’kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan amalda ta’minlanganligini ekspertizadan o‘tkazib baholash natijalariga ko‘ra bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaxassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, 2016—2017-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi. Unga ko‘ra, 2016—2017 o‘quv yili uchun bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida – 38 787 nafar miqdorida; magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar miqdorida qabul qilish belgilandi.
Bundan tashqari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi qabul kvotasi ham xuddi shu miqdorda edi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4494 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 2016—2017-o‘quv yili
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное