Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

2017 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 mln so‘mni tashkil etdi


2017 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil qildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga o‘sgan, deb xabar qiladi Davlat statistika qo‘mitasi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi eng yuqori moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 2 694,1 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4 % ga ko‘p), axborot va aloqada 2 498,5 ming so‘mni (71,9 %), sanoatda 2 091,7 ming so‘mni (43,9 %), tashish va saqlashda 1 945,8 ming so‘mni (33,9 %), qurilishda 1 808,4 ming so‘mni (24,4 %) tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 2016 yilga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy va sug‘urta faoliyatida (25,9 %), axborot va aloqada (22,3 %), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda (13,3 %) kuzatildi.

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 986,5 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 %), Navoiy viloyatida 1 926,5 ming so‘mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 559,7 ming so‘mni (107,3 %) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 140,5 ming so‘mni (78,5 %), Samarqand viloyatida 1 157,3 ming so‘mni (79,6 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xodimlar soni va ularga hisoblangan ish haqi fondining salmoqli hissasi: - ta’limda 19 034 ta muassasada 982,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,1 %ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 13 671,6 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,4 %ni); - sanoatda 619 ta korxonada 479,6 ming nafar (18,6 %ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 12 038,4 mlrd. so‘mni (26,7 %ni); - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 1 420 ta muassasada 420,4 ming nafar (16,3 %ni) xodimlar ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 948,2 mlrd. so‘mni (11,0 %ni) tashkil etmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3581 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘rtacha oylik, 2017 yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное