Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

2018 yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi


Bunday tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi" talablariga muvofiq qabul qilingan. Bu haqda "O‘ztelekom" kompaniyasi matbuot xizmati o‘zining Facebook'dagi sahifasida xabar qildi.

2018 yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi.

"7 belgiligi raqamlardan 9 belgili raqamlarga o‘tish - davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zaxirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilgan hujjatga muvofiq bir necha yil avval tezkor xizmatlarning telefon raqamlari soni ham o‘zgargan edi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 8576 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telefon raqamlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное