Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Chuqur 2-mavsum: Indris ota tirikmi? Yamachning yashirin rejasi qanday (Voqealar rivoji)


CHUQUR serialining voqealari yanada keskinlashmoqda. Qurbonlar soni ortmoqda. To'qnashuv yaqin. Chito va Mahzunning do'stligi qanchalik mustahkam, Ko'chavalilar birlasha oladimi? Ko’chavalilardan kimlar hayot? Bu kabi savollar ko’pchiligimiz uchun qiziq albatta. Sevimli telekanalida sevimli serialimizning 2-fasli namoyishi boshlanishini eshitib ko’pchiligimiz hursand bo’ldik. Serial 1 hafta 7 ta qismni namoyish etdiku, lekin har bir tomoshabin keying qismda nimalar bo’lishiga qiziqib ketmoqdamiz. Shu o’rinda men ham.

Avvalo serial bosh qahramonlariga berilayotgan ovozlardan ko’p muxlislar shikoyatlar qilishgani haqida aytib o’tmoqchidim. Rostini aytsam qahramonlarga berilgan ovozlar o’zgargani menga ham yoqmadi. Ammo bu sevimli telekanali hohishi ekanligini, bu qarorga kelinishiga bir qancha sabablar bo’lishini, moddiy imkoniyatlar ham hisobga olinganini chunishimiz kerak. Bizga Chuqur serialini shunday sifatli va uzbek tilida taqdim etishayotgani, yarmida toxtatmay davom etishyotgani uchun Sevimli telekanaliga minnaddorchilik bildiramiz.

Serial davom etadi, Voqealar rivojini sizlar bilan o’rtoqlashay dedim.
Chuqurning yangi egalari Chito va Mahzun chuqur aholisiga yangi shart qo’yadi, unga ko’ra Yamach va Jumali Ko’chovalilarni topib ularni o’ldirganga katta miqdorda pul berishlarini, Ko’chavalilarni topishmaguncha har kuni chuqur aholisdan bittadan odam o’ldirishlarini aytishadi. Bu gaplarni eshitgan barcha chuqur aholisi Chuqurning asoschilari bolganlarni qidirishga, ularni ko’rishlari bilan o’ldirishga urina boshlashadi. Endi butun Chuqur tirik qolish uchun Ko’chavalilarga qarshi…

Yamach akasi Jumaliga bunday ishlar yaramasligini, to’xtash kerakligini, boshqacha yo’l tutish lozimligini aytadi. Jumalini jaxli chiqib ketadi, akanga aql o’rgatma deya Yamach bilan ham ursha ketadi. Yamach esa Chuqur bizga qarshi bo’lishiga siz sababchisiz aka deb, Jumaliga aytadi. “Sen Chuqurni himoya qil, Chuqur seni himoya qiladi” bu so’zlar yodingizdami aka deydi. Otam aytgan bu so’zlarni nahotki unutdingiz?   Ha, Idris Ko’chavali buyuk inson edi, 2-fasl boshida uni vafot etgan deb o’ylagandim, Lekin Idris Ko’chavali ham, uning rafiqasi ham hayot bo’lishadi. Shunchaki alohida yashashmoqda.

Yamach yangi rejalar tuzadi, akasi bilan birga Chitoga qarshi kurashishga axd qilgani haqida Senaga aytadi. Sena esa ularga qarshi borishga Yamachni kuchi yetmasligini, ularni yaxshi biladigan Vartog’luni ham bu ishga jalb qilishi kerakligini maslaxat beradi. Yamach Vartog’luni (ya’ni Salix Ko’chavalini) qidirishga tushadi.

Endi Alicho xam Yamach bilan birga. U ruxiy kasallar shifoxonasidan qochib, Yamachni yoniga keladi. Alicho va Jumali Chuqurdagi yashirin joydan portlovchi uskunalar va qurollar olib kelishadi.

Yamach Chito va Mahzunga qo’ng’iroq qilib chuqurdan asirga olinganlarni qo’yib yuborsa taslim bo’lishlarini aytadi, va qayerda ekanliklarini ham aytadi. Mahzun odamlari bilan Yamach aytgan joyga boradi. Tarona.net sayti malumotlari. Ular uyga yaqinlashganlarida Yamach to’xtashlarini, porlovchi uskunlar o’rnatilgan maydonga kirishgani aytadi. Mahzun va uning odamlari portlovchi qurulmalar ustida turishgandi. Agar oyog’ini ko’tarsa portlash yuz beradi. Ana qo’lga ham tushishdi.

Yamach Mahzunga Chitoga qo’ng’iroq qilishini ayatadi. Yamach Chito bilan gaplashadi, Mahzunni tirik qolishini istasang asira olinganlarni qo’yib yuborasan deydi. Chito asirlarni qo’yib yuboradi. Yamach akasi Jumali bilan u yerdan ketishadi va havsiz joyga borganda bombani zararsizlantirishini aytadi.

Alicho Vartog’luni qidirib topadi. Yamach uning oldiga borib gaplashadi. Ular birlashishadi. Yamach, Jumali, Vartog’lu Kochovalilar endi birga.

Yamach Chit ova Mahzun xorijlik hamkorlarga shartnoma asosida katta miqdorda narkotik yetkazish uchun buyurtma olganidan habar topadi. Ularning bu rejasini buzish uchun Vartog’ludan foydalanishadi. Vartog’lu ularga uchrashuv joyini ko’rsatadi.

Voqealar davom etadi, Uni bizda kuzating…



Manba:tarona.net
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5432 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Voqealar rivoji, Chuqur, Yamach
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное