Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

2019-yilda seriallardagi ishtirokidan eng ko‘p gonorar olgan turk aktyorlari

Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari 2019-yilda seriallarda suratga tushib, qancha daromad olgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.

Chag‘atoy Ulusoy

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p gonorar oladigan turk aktyorlari reytingida Chag‘atoy Ulusoy yetakchilik qildi. Aktyor “Himoyachi” serialining bir qismi uchun 500 ming turk lirasi (72 ming dollar) olgan. Serialning 25 qismdan iborat ekanligini hisobga olgan holda 29 yoshli aktyorning bitta serialda suratga tushishi uchun qancha gonorar olishini hisoblash qiyin emas.
Ushbu serial Netflix platformasida e’lon qilingan. Serial bosh qahramoni vayron bo‘layotgan Istanbulni qutqarishi kerak bo‘ladi. Ulusoy ushbu serial orqali o‘ziga qahramon imijini yaratdi, shuningdek, yaxshigina pul ishlab oldi.
Kenan Imirzaliog‘lu

Aktyor Kenan Imirzalio‘g‘lu “Hukmdor” serialining bir seriyasi uchun 350 ming turk lirasi (51 ming dollar) olgan. Ushbu serial oltinchi qismdan keyin to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, serial ijodkorlari aktyorlarga gonorar to‘lashga qiynalgan.
Burak O‘zchivit

Burak O‘zchivit Usmon G‘oziy haqidagi “Qurilish: Usmon” tarixiy serialining bir qismi uchun 325 ming turk lirasi (47 ming dollar) oladi.
Tarixiy serial kinoixlosmandlariga manzur bo‘ldi. U barcha reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarni zabt etdi. Bundan tashqari, Burak O‘zchivit shampun va kiyim-kechaklar reklamasidan ham yaxshi daromad oladi.
Beren Saat

Beren Saat o‘tgan yili o‘zi ishtirokidagi “Hadya” serialining bir seriyasi uchun 200 ming turk lirasi (29 ming dollar) gonorar olgan.
Serialning ikkinchi mavsumi 2020-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Kivanch Tatlitug‘

O‘tgan yili Kivanch Tatlitug‘ “To‘qnashuv” serialining bir qismi uchun 150 ming turk lirasi (21 ming dollar) gonorar oldi. Serial 24 qismdan iboratligini hisobga olinsa, aktyor ishlab topgan pulga Istanbuldan yaxshi uy sotib olish mumkin.
Aras Bulut Iynemli

2019-yilda Aras Bulut Iynemli eng mojaroli loyihalardan biri “Chuqur” serialida suratga tushdi. Serial ijodkorlarini shafqatsiz sahnalar uchun jarimaga ham tortishgan. Aftidan loyiha mualliflarining jarimalarga ham, aktyorlar gonorariga ham pullari yetadi, shekilli. Aras Bulut Iynemli serialning bir qismi uchun 70 ming turk lirasi (10 ming dollar) olgan


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 13148 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Chuqur, turk aktyori, 2019-yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное