Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

20 yanvar kuni O'zbekistonning ayrim tumanlarida qor yog'ishi mumkin



Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog'ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Qor ko'chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2544 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное