Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

22 yoshli qiz sevgan yigiti sabab 30 dan ortiq plastik operatsiyalarni boshdan kechirdi


22 yoshli gongkonglik qiz 5 yil davomida 30 dan ortiq plastik operatsiyalarni boshidan kechirdi. Bunga esa o‘zi ko‘ngil qo‘ygan yigitning tanqidlari sabab bo‘lgan.

Berri ilk plastik operatsiyani 17 yoshligida o‘tkazgan. U sevgilisining talabi bilan gollivudning mashhur modellariga o‘xshashni istagan. Ayni paytda Berri bu harakatidan afsuslanmoqda.

Berrining aytishicha, go‘zallik salonlaridan birida jarrohlik uchun aksiya haqidagi e’lonni ko‘rib qolganida, plastik xirurgiyaga qiziqishi boshlangan. E’londa 3 ta ineksiya uchun 102 dollar taklif etilgan edi. Berri kosmetologga uchrashgach, mutaxassis unga 2000 dollarga teng aksiyani tanlashni taklif qilgan.

Avvaliga natijadan xursand bo‘lgan Berri keyinchalik afsuslangan. 3 yildan so‘ng Berri o‘zidan 9 yosh katta bo‘lgan yigit bilan uchrashishni boshlaydi. Ammo yigit uning tashqi qiyofasini tez-tez tanqid qilib keladi. Natijada Berri 6 oy ichida blefaroplastika va rinoplastika jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazadi. Lab, yonoq, iyak va peshona qismiga ham o‘zgartirishlar kiritadi.

Plastik operatsiyalarni ketma-ket boshdan kechirgan Berrining onasi uni avval go‘zal bo‘lganligini, keyingi vaqtlarda esa tobora hayratga tushayotganligini va hozir oddiy qizlar kabi ko‘rinishga egaligini bir necha marta takrorlagan.

Berri operatsiyalardan so‘ng salomatligini tiklash chog‘ida yigit bilan munosabatlarga chek qo‘ydi va plastik jarrohlik operatsiyalariga muhtojlikdan ham xalos bo‘ldi.

Ayni vaqtda Berri o‘zi kabi holatga tushib qolgan qizlarga ko‘mak berish va plastik jarrohlikka qarshi kurash harakatlarini olib bormoqda. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan videosida avvalgi ko‘rinishini qaytarishni istashi haqida aytib o‘tgan.

Avvalroq, mashhur aktrisa Anjelina Jolinining Eronlik 19 yoshli muxlisasi o‘z kumiriga o‘xshash qiyofaga ega bo‘lishi uchun 50 martadan ko‘proq plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Durdona Rasulova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11162 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sevgan yigiti, plastik operatsiya, Qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное