Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

24 dekabr Ertaga O‘zbekistonda havo harorati isishi kutilmoqda


Qishning chillasi yaqinlashgani sari harorat pasayib, sovuq havo kuzatilishi o‘rniga quyosh charaqlab, iliq ob-havo hukmronlik qiladi. Ertaga respublikamizning ayrim hududlarida havo harorati +22 darajagacha ko‘tariladi.

Gidrometeorologiya xizmati markazining ertaga, 24 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing.

Toshkent shahrida havo harorati kunduzi +12...+17 daraja issiq, kechasi +3…+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +4...+9 daraja iliq, kechasi -5…0  daraja bo‘ladi. Yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi +4…+9 daraja iliq, kechasi -7…-2  darajagacha sovuq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi harorat +12…+17 daraja, kechasi +2…+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi +17…+22 daraja, kechasi esa +8…+13 darajagacha iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi +8…+13 darajagacha iliq, kechasi harorat -4…+1 daraja atrofida bo‘ladi.

Qamchiq dovoni hamda Chimyon tog‘larida ham havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +4…+9 daraja iliq, kechasi −3…+2 daraja bo‘lishi kutilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2033 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное