Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

25 dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, cho‘l zonalarida kechasi 4-9, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining 1500 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ayrim joylarda 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo, 25 dekabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное