Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Pazanda - Im Loving You
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

26-dekabr kuni O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda


26-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 6—8 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha, ayrim joylarda esa shiddat bilan sekundiga 24—29 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2—7 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchayishi mumkin, kechqurun qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha, ba’zi joylarda shiddat bilan sekundiga 24—29 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha, ayrim joylarda esa shiddat bilan 24—29 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha, ayrim joylarda esa shiddat bilan 24—29 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha, ba’zi joylarda esa shiddat bilan sekundiga 24—29 metrgacha kuchayishi mumkin Havo harorati kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2804 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное