Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tanho malagim - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Merlin-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

4 ta “Oltin to‘p” olgan Krishtianuning 4 ta goli “Real Madrid”ni klublar o‘rtasida ikkinchi bor Jahon chempioni qildi




Madridning “Real”i klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida zafar quchdi.
Yaponiya chempioni “Kashima Antlers”ga qarshi kechgan hal qiluvchi bellashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgandi. Asosiy vaqtda 1 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu, qo‘shimcha vaqtda yana 2 ta to‘p kiritib, “qirollik klubi”ning g‘alabasini ta’minladi. U yarim finalda ham 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida eng ko‘p bor “Barselona” zafar quchgan: uch bor. “Real”da esa bunday sovrinlar soni 2 taga yetdi va u bu borada Braziliyaning “Korintians” klubi bilan tenglashib oldi.
 
“Real” ikkinchi chempionlik yo‘lida Meksikaning “Amerika” klubini 2:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi. “Kashima Antlers” klubi esa finalga qadar Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” klubini 2:1, Afrika chempionini 2:0, Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubini esa 3:0 hisoblarida mag‘lub etgandi.
Musobaqada Osiyo chempioni sifatida ishtirok etgan Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” futbol klubi chorak finalda Meksika jamoasidan 1:2 hisobida yengilgandi. Turnirning 5-o‘rin uchun kechgan o‘yinida esa Afrika chempioni 4:1 hisobida taslim qilingan.
 
Musobaqaning 3-o‘rni Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” futbol klubiga nasib qildi.
 
Klublar mundiali
Final
18-dekabr, yakshanba
 
“Kashima Antlers” — “Real Madrid” 2:4
 
Gollar: Karim Benzema, 9 (0:1). Shibasaki, 44 (1:1). Shibasaki, 52 (2:1). Krishtianu Ronaldu, 60-pen (2:2). Krishtianu Ronaldu, 98 (2:3). Krishtianu Ronaldu, 104 (2:2).
 
3-o‘rin uchun
 
“Amerika” — “Atletiko Nasyonal” 2:2 pen 3:4
 
Gollar: Samudio, 6-avt (0:1). Gerra, 26 (0:2). Arroyo, 38 (1:2). Peralta, 66-pen (2:2).
 


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3276 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Real Madrid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
yunus_9009 admin xato yozmang
Like | 0
yunus_9009 admin xato yazmang
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное