Respublika Gidrometeorologiya markazi 5 iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 30-32 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham momaqaldiroq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.