Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Zerda - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
Главная » Файлы » Qiziqarli

5 ming, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupyuralarning g‘aroyib tarixi

Bugun, 22-avgustdan O‘zbekistonda milliy valyuta — so‘mning yangi kupyurasi muomalaga kiritildi. Markaziy bankning 16-avgustdagi sharhiga ko‘ra, 50 ming so‘mlik yangi banknot naqd puldagi noqulayliklarni kamaytirish va bankomatlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida chiqarildi.

Ayni vaqtda, Markaziy bank ham, soha ekspertlari ham 50 ming so‘mlik yangi kupyura inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir qilmasligini ta’kidlamoqda. Xususan, moliyachi Aleksandr Davletovning qayd etishicha, 50 ming so‘mlikning chiqarilishidan maqsad — “so‘mga uning jamg‘arish funksiyasini qaytarishdir; nihoyat so‘mda mablag‘ jamg‘arish mumkin”.

So‘mning uchta eng yirik nominali — 5 ming, 10 ming va 50 ming so‘mliklar oxirgi to‘rt yil davomida muomalaga kiritildi. Bungacha bo‘lgan eng yirik nominal — 1 ming so‘mlik kupyura 2001-yilda — “5 mingtalik” paydo bo‘lishidan 12 yil avval chiqarilgan edi.

Internet hozirgidek ommalashmagan 2001-yili yangi banknot chiqarilishi arafasida tarqalgan gap-so‘zu, mish-mishlar mazmuni haqida hozir bir narsa deyish qiyin. Biroq 2013 va 2017-yillarda muomalaga kirgan uchta kupyuraning tarixi internet-nashrlar bahona “hujjatlashtirilgan”.

Bu “tarixiy ma’lumotlar” bilan tanishib qo‘yish esa foydadan xoli bo‘lmas.

5 ming so‘mlik kupyuraning tarixi

2013-yilning 20—21-iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, o‘sha vaqtda O‘zbekistonda ommabop hisoblangan WhatsApp messenjerida O‘zbekiston Senatining yangi 5 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarish haqidagi qarori surati hamda yangi banknotaning tasviri keng tarqalib ketdi. Suratda Senat bu haqdagi qarorni 18-iyun kuni qabul qilgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kupyura surati va Senat qarorining soxta ekani haqida bahs-munozaraga kirishgan vaqtda, internet-nashrlar Senat va hamda mas’ul tashkilotlarni savollar bilan bezovta qila boshladi va ketma-ket raddiyalarni qabul qilib oldi.

Birinchi raddiya: “Bizda hozircha bunday ma’lumotlar yo‘q”, — deya bayonot berdiO‘zbekiston Markaziy banki.

21-iyun. “Toshkent zarbxonasi” 5 ming so‘mlik yangi kupyura haqidagi xabarlarni “bexabar odamlar tomonidan tarqatilgan mish-mishlar” deb atadi.

24-iyun. Senat matbuot kotibi Muhammadjon Isomov Ozarbayjonning Trend agentligiga bergan intervyusida parlament yuqori palatasi yangi banknotni muomalaga kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqmaganini ma’lum qildi.

27-iyun. O‘zbekiston Markaziy banki 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 so‘m bo‘lgan yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqida e’lon qildi.

 

10 ming so‘mlik kupyuraning tarixi



10 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga chiqarilishi haqidagi dastlabki “jiddiy mish-mishlar” 2016-yilning mart oyida tarqaldi. Mish-mishlarga orqa tomoniga Shahrisabzdagi Oqsaroy maydoni tasviri tushirilgan kupyura surati ham ilova qilingan edi.

Markaziy bank ushbu mish-mishlarni muvaffaqiyatli rad etdi. “Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi”, — degan edi bank matbuot xizmati xodimi “Daryo”ning 2016-yil 28-martdagi so‘roviga javoban.

2017-yilning 21-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida O‘zbekiston Senatining 20-fevraldagi qarori surati paydo bo‘ldi. Mazkur qaror bilan Senat 10 ming so‘mlik yangi kupyuraning dizayni va uning muomalaga chiqarilishini ma’qullagan edi.

Markaziy bank vakillari murojaat bilan chiqqan ommaviy axborot vositalariga yangi kupyura chiqishini tasdiqladi, biroq uning dizaynini haqida ma’lumotni rasmiy axborot e’lon qilinguniga qadar maxfiy qoldirdi. Ayni damda, Markaziy bank vakillari ijtimoiy tarmoqlarda “yangi banknotning ko‘rinishi” deya tarqatilgan suratlarni soxta deb atadi.

Markaziy bank yangi banknot bo‘yicha rasmiy axborot berib, uning ko‘rinishini oshkor qilguniga qadar, tarmoqda kamida to‘rt xil10 ming so‘mlik” aylanib yurdi. Ularning birida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ham surati bor edi.

3-mart. O‘zbekiston Markaziy banki 10-martidan boshlab qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqarishini e’lon qildi.

50 ming so‘mlik kupyuraning tarixi

2017-yilning aprel oyida Markaziy bank vakili muassasaning “yaqin kelajakda yangi banknotlarni muomalaga chiqarish rejasi yo‘q”ligini ma’lum qilgan edi.

2017-yilning iyun o‘rtalarida bir qator xorijiy internet-nashrlar “ishonchli va vakolatli manbalarga asoslanib”, O‘zbekiston Markaziy banki sentabr arafasida 50 ming va 20 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqida xabar berdi.

23-iyun kuni Markaziy bank matbuot xizmati bu xabarlarni rad etdi. “Bu ko‘chaning gapi. Bizda bunday ma’lumot yo‘q”, — degan edi “Daryo”ning murojaatiga javob qaytargan bank matbuot xizmati vakili.

14-avgust. O‘zbekiston Markaziy banki 22-avgustdan boshlab qiymati 50 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muoamalaga chiqarilishini e’lon qildi.

 

 



Manba:daryo.uz
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 7469 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kupyura, Pul, 50 ming, 5 ming, 10 ming
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное