Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

6 oktabr kuni bizni qanday ob-havo kutmoqda?


Ertaga, ya’ni 6 oktabr kuni O‘zbekistonda kutlayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.

Mamlakatimizning ko‘plab hududlari qatori poytaxt — Toshkent shahrida ham vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi 13–15 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi esa harorat 5–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa ertaga yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 0–2 daraja iliq, hatto ayrim hududlarda -3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham 6 oktabr kuni havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ertaga havo bulutli bo‘ladi, ayrim hududlarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 10–15 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Surxondaryo viloyatida ertaga nisbatan yuqori harorat qayd etiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 12–17 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi esa 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli ertaga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3360 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное