Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

7 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti


Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4034 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное