Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

7 oktabr, shanba kungi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing


Ertaga, ya’ni 7 oktabr kuni O‘zbekistonda kutlayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.

Mamlakatning bir nechta hududlari kabi poytaxt — Toshkent shahrida ham ertaga havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida havo harorati kunduzi 17–19 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi esa harorat 5–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi 12–17 daraja, kechasi 1–2 daraja iliq, ayrim hududlarda esa -3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham 7 oktabr kuni havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +17 darajadan +22 darajagacha, kechasi esa 5–10 daraja atrofida iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham ertaga havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida harorat kunduzi 12–17 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2697 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное