Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

7 yoshli o‘zbekistonlik bola Uitni Xyustonning qo‘shig‘ini kuylab, internet yulduziga aylandi

7 yoshli o‘zbekistonlik Jo‘rabek Jo‘raev Uitni Xyuston qo‘shiqlaridan biri «I Will Always Love You» mega-xitini ijro etish orqali, internet foydalanuvchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
 
Ukrainadagi san’at yangiliklari bo‘yicha axborot agentligida Jo‘rabek Jo‘raevning mahorati dunyodagi millionlab san’at ixlosmandlarining hayratiga sabab bo‘lgani haqida yoziladi.
 
"Biz bu o‘rinda Motsartni eslashimiz mumkin. U ham 6 yoshida ilk ijrolari bilan Yevropani larzaga solgandi. Bizning zamonamizdagi texnika imkoniyatlarini hisobga oladigan bo‘lsak, Jo‘rabekda o‘zining auditoriyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud", deyiladi agentlik xabarida.
 Qayd etish joizki, 2013 yilning dekabrida Jo‘raev Andrey Malaxov muallifidagi Birinchi kanal ko‘rsatuvlaridan biriga taklif etilgan va o‘shanda u o‘z kumiri Nargiza Zakirova bilan uchrashgandi. U 4 yoshida Botir Zokirovning "Arab tangosi" hamda Daler Nazarovning "Chok choki boron" nomli qo‘shiqlarini ijro etish orqali ham internetda mashhur bo‘lgandi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8779 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Bola, 7 yosh, Uitni Xyuston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
rustam9696 Zor malades
Like | 0
rustam9696 Zor malades
Like | 0
NaTaLi O molodsi!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное