Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

8 mart sovg`asidan norozi bo`lgan o`qituvchi ishdan bo`shadi



Sochi shahar maktablaridan birida o`quvchilarining 8 mart bayramiga besh ming rubl sovg`a berganidan norozi bo`lib, ota-onalarga SMS yozgan sinf rahbari ishdan bo`shadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Sochi shahar kengashiga qarashli maorif, fan va madaniyat qo`mitasi raisi Vladimir Davidovning ma`lumot berishicha, o`qituvchi ayol xizmat tekshiruvi tugashini kutmay, ishdan bo`shagan. U janjal ko`tarilgandan keyin vaqtinchalik vazifasidan ozod etilgan edi.

O`qituvchi ayol 7 mart kuni o`quvchilaridan olgan sovg`asidan norozi bo`lib, ularning ota-onasiga sinf rahbarligidan bo`shash bilan tahdid qilib, SMS xabar jo`natgan. Avvaliga ko`pchilik bu xabarni o`qituvchi ayol yozganiga shubhalandi, ammo u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida SMS xabarlarni jahl ustida o`zi yozganligini tan oldi.

Keyinroq Life nashri ishdan bo`shagan o`qituvchini ota-onalar himoya qilgani, uning yaxshi pedagog ekanligi, o`sha kuni bolalar sinfda to`polon qilib, xayfsan olgani uchun jahl ustida SMS yozgani haqida xabar berdi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5136 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oquvchilar, Bayram, oqituvchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное