Shahzoda - Kuyov va kel... Shahzoda - Kuyov va kel...
Nilufar Usmonova & Mano... Nilufar Usmonova & Mano...
Shohruhxon - Parizod (V... Shohruhxon - Parizod (V...
Ulug'bek Rahmatulla... Ulug'bek Rahmatulla...
Shoxruz (Abadiya) - Faq... Shoxruz (Abadiya) - Faq...
Umar Shamsiyev - Mayli ... Umar Shamsiyev - Mayli ...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Pazanda - Soundtrack
. Soundtreck-Великолепный Век
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Alisher Uzoqov - Yonayoturman [soundtreck Tundan Tongacha 2]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ayol Qalbi - True Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

96 foiz o`zbek xalqi o`z oilasini baxtli hisoblaydi



Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi «Oila va ma`naviyat» mavzuida ijtimoiy tadqiqot o`tkazdi. 

Tadqiqotda qatnashganlarning 94,5 foizi davlatimiz oilalarni qo`llab-quvvatlashga katta e`tibor ko`rsatayotganini e`tirof etgan. Davlatning bunday e`tiborini ko`pchilik respondent ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning moddiy boyliklarga nisbatan ustunligida ko`radi, deb yozadi O`zA. 

Tadqiqot jarayonida O`zbekiston oilalarida axloq shakllanishiga eng ko`p ta`sir qilishi mumkin bo`lgan omillar ham o`rganilgan. O`zbekiston oilalarining ma`naviy-axloqiy asoslarini shakllantirishda oila (86,7 foiz), mahalla (52,1 foiz), ta`lim muassasalari (48,2 foiz), ijtimoiy muhit (33,9 foiz) va televideniening (29,4 foiz) ustuvor ta`siri haqidagi fikr bir necha yillik so`rovlar mobaynida barqaror qolmoqda. 

Tadqiqot natijalari oila qurishda axloqiy yo`nalishlar barqaror ekanini ko`rsatdi. Masalan, mustaqil va baxtli oila barpo etish shartlarining ko`rsatkichlari o`zgarishsiz qolmoqda. Ular orasida er-xotinning o`zaro ishonchi, bir-biridan rozilik birinchi o`rinni egallaydi. Ishtirokchilarning fikricha, er-xotinning o`zaro muhabbati, farzandlar oila barqarorligi va mustaqilligini belgilovchi muhim omildir. 

So`rovning ko`rsatishicha, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko`pchiligi (96 foiz) o`z oilasini mustahkam va baxtli, deb hisoblaydi. Xalqimiz baxtli oilaviy hayotni o`zaro ishonch, muhabbat asosida qurilgan muvaffaqiyatli nikohda ko`radi. 

Mamlakatimiz aholisi yoshi kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, kamtarlik, o`zini jamiyatda munosib tutish va keksa avlodga e`tiborni farzandlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning ustuvor yo`nalishi, deb hisoblaydi. So`ralganlarning har ikkinchisi oilaviy majburiyatlar ota va ona o`rtasida teng taqsimlangan oilalarda yuksak axloqli va har tomonlama sog`lom farzandlar tarbiyalanadi, degan fikrda. 

Yosh avlod ota-onalarining muhim qadriyat yo`nalishlari bo`yicha qarashlariga qo`shilishi, farzandlar tarbiyasida kattalarning roli o`sib borayotganini e`tirof etishi ham tadqiqotda namoyon bo`ldi. Bu yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda bir necha avlod vakillari yashovchi oilalar salohiyatidan to`liq foydalanish maqsadida oila institutini yanada mustahkamlashni taqozo etadi. 

Tadqiqot aksariyat oilalarda bolalarni yuksak ma`naviy-axloqiy qoidalar ruhida tarbiyalashga katta e`tibor berilayotganini ko`rsatdi. Xalqimiz farzandlari ongi-qalbiga, birinchi navbatda, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, halollik, Vatanga muhabbat tuyg`ularini singdirmoqda. Ayni vaqtda mehnatsevarlik, milliy g`urur va o`zlikni anglash tuyg`usini rivojlantirish, ko`ngil tozaligi, kamtarlik, diniy va milliy bag`rikenglik insonning yuksak axloqini belgilaydi. 

Ijtimoiy so`rov yoshlar o`rtasida oliy ma`lumot olishga intilish o`sib borayotganini yana bir bor isbotladi. Bugun xalqimizning o`z farzandlarini oliy ta`lim muassasalarida o`qitish imkoniyatlari ancha oshgan. Tadqiqot mamlakatimiz fuqarolarining aksariyati farzandlari zamonaviy shaxslar bo`lib kamolga etayotganiga qat`iy ishonishini ko`rsatdi. 

Mamlakatimizdagi ko`pchilik oilalar bolalarini jismoniy tarbiyalashga katta e`tibor beradi. Bu yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga barqaror qiziqish hamda ehtiyojni shakllantirmoqda. Ishtirokchilar davlatimizning bolalar sportini va sog`lom turmush tarzini rivojlantirish strategiyasini faol ma`qullagan. Ularning fikricha, bu “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida yorqin namoyon bo`lmoqda. 

So`rov ishtirokchilarining mutlaq ko`pchiligi (96,7 foiz) oilaviy ajrimlarga salbiy munosabat bildirgan. Ularning fikricha, bu bolalarning ta`lim-tarbiyasi va kelajagiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 

«Oila va ma`naviyat» mavzuida o`tkazilgan ijtimoiy tadqiqot O`zbekiston aholisi uchun oila asosiy hayotiy qadriyat va yosh avlodni tarbiyalashning muhim omili bo`lib qolayotganini ko`rsatdi. Ularning fikricha, davlatimizning oila institutini rivojlantirish borasidagi samarali, tizimli va izchil chora-tadbirlari, yuksak e`tibori tufayli oilalarning moddiy ahvoli va hayot sifati uzluksiz yaxshilanmoqda, ularning ma`naviy-axloqiy holati mustahkamlanmoqda.

Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1383 | Голосов:: 1| Теги:: Ijtimoiy fikr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 21:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. DJ Piligrim - Dilim (Remix)  
. Farruh Komilov - Hey Leyla  
. Benom Guruhi - Ortinga Qara  
. Ummon Guruhi - Izlaringa  .
. Farrux Komilov - Hayyora  
. Farhod va Shirin - Oshiq Bo'lsa Har Kishi  
. Subxan - Unutdim Dema  
. Farrux Xamroyev - Shakarim  
. Jasur Umirov - Tushlarimga Kir  
. Jasur Umirov - Xorazm  
. Jasur Umirov - Inyazda O'qidim  
. Jasur Umirov - Leyla  
. Jasur Umirov - Boboy  
. Jasur Umirov - Modniy  
. Sardor Mamadaliyev - Sog'inmadingmu  
. Sardor Mamadaliyev - Monolog  
. Sardor Mamadaliyev - Malaksan  
. Sardor Mamadaliyev - Qiziq  
. Sardor Mamadaliyev - Omon Yora  
. Sardor Mamadaliyev - Hayot Davom Etadi  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola