Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Abdulla Oripov qachon dafn etilishi ma’lum bo‘ldi




Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Xyuston shahridagi shifoxonada vafot etgandi.
 
Abdulla Oripovning vafoti haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda marhumning jasadini O‘zbekistonga olib maqsadida O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgani aytilgan edi.
 
Shoirning jasadi ortilgan samolyot 7 noyabr kuni soat 20:00 da AQShdan Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nishi, dafn marosimi 8 noyabr kuni o‘tkazilishi haqida marhum shoirning shogirdi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyuushmasi a’zosi shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xabar bergandi.
 
Biroq, noma’lum sabablarga ko‘ra marhum shoirning dafn marosimi vaqti kechikib bordi.
 
Turli mish-mish va shubha-gumonlar urchib borayotgani sabab, bu holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbeksiton Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Azizbek Turdiyev bilan bog‘lanishga harakat qildik.
 
Uning aytishicha, marhum shoirning dafn marosimi ertaga, 10 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilyapti.
 
Lekin biz Azizbek Turdiyevdan “Marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelindimi? Qachon keltirildi? Agar keltirilmagan bo‘lsa, endi qachon olib kelinadi?”, degan savollarga javob ololmadik.
 
Shundan so‘ng, to‘liqroq ma’lumot olish uchun shoir Muhammad Ismoil bilan bog‘landik. Muhammad Ismoilning aytishicha, Abdulla Oripovning jasadini olib kelish uchun shoirning ayoli, qizi va o‘g‘li AQShga jo‘nab ketishgan. Ular ertaga tongacha Toshkentga qaytishi taxmin qilinyapti.
 
“Abdulla Oripovning janozasi 10 noyabr kuni soat 13:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda”, deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoil.
 
“Qalampir.uz” sayti o‘zi izlagan ma’lumotni topdi. Buyuk shoir, O‘zbekiston Qahramoni va O‘zbekiston xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning jasadi ertaga 10 noyabr kuni “Chig‘atoy” qabristonida tuproqqa qo‘yiladi.
 
Ma’lumot uchun, Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan she’ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi.  Shoirning birinchi she’rlar to‘plami “Mitti yulduz” esa 1965 yilda chop etilgan.
 
Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan.  U Dantening “Ilohiy komediya” asarini,  L.Ukrainka,  T.Shevchenko, N.Nekrasov,  Q.Quliyev,  R.Hamzatov singari shoirlarning she’rlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan.  
 
Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi bo‘lib,  1998 yilda O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo‘ldi.  
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8200 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Abdulla Oripov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное