Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Abdulla Qurbonov institutdan haydalishi, axmoq emasligi, g'azabi, qotillik haqida oshkor gapirdi...

Abdulla Qurbonov institutdan haydalishi, axmoq emasligi, g'azabi, qotillik haqida oshkor gapirdi... Bugungi suxbatdoshimiz bilan garchi bir necha bor suxbatlar uyushtirgan bo'lsakda, uning qirralari ochilmaganga o'xshab boraveradi... Doimgi suxbatda qandaydir qirrasi kashf etiladi, keyingisigacha yangisi tug'ilaveradi go'yo... Qani bugun u nimalarni bizga oshkor gapiradi?! Nimalar uni qiynamoqda?! Shu kabi mavzu doirasidagi qaltis savollarimiz xonandamizga qarata yo'llanadi... - "Go'zal yorim" taronangiz ancha xit bo'ldi. Ammo, "Go'zal yorim 2" negadir xit bo'lmadi? Sababi nimada? Kam aylantirganingizdami yoki... - Xar narsaning ham birinchisi go'zal bo'ladi. Tan olib aytish kerak, birinchisi boshqacha chiqqandi.Ammo garchi ikkinchisi omadli chiqmagan bo'lsada u ham birnchisi singari jamiki go'zal ayollarimizga, onajonlarimizga, singillarimizga atalgan. Faqatgina men erkaklar nomidan aytganman xolos! Shuning uchun men birinchisini go'zal desam, ikkinchisini asal deyman. Xit bo'lmadiku deb xafa bo'lib o'tirmayman. Chunki bunisi ham aynan o'sha go'zallarimizga atalganda... - Diniy so'zlarni ko'p ishlatasiz. Diniy bilimni asli o'qiganmisiz? - Men o'qigan emas, o'qqanman! Meni ota-bobolarim bilmli inson bo'lishgan, shularni xizmalarida bo'lganman... - Madaniyat institutidan nega "otchesleniya" bo'ldingiz? - Qachon?! (xayratlanib) Rostdanmi?! Qiziq... Kim meni "otchesleniya" qilgan bo'lsa, shuni xoxlabdimi. Xudo shuni ravo ko'ribdimi mayli. Menga nimadir kelsa ja-a quvonib ketmayman, mendan nimadir ketsa achinmayman. Madaniyat institutida o'qish menga emas ekanmi, menga Olloh bergan madaniyatini olib qo'ymasa bo'lgani. Men san'at, madaniyat maydoniga endi kirib kelmaganman man maydonni markazidaman. Xuddi futbolda Ranaldinio, Maraldiniolar taniqliqu, menam taniqliman. Faqat ismim unaqamasda, Abdulloh Sheyx Toshkandiy... - Bu savolga to'g'ri javob bering faqat. Institutga kirishda shpargalka ishlatganmidingiz yoki imtixonga astoydil tayyorlanganmidingiz? - Shpargalka nimaligini bilmayman rost. Ijodiy imtixondan yuqori ball olganman. Testdan sal kamroq, chunki bilganimni belgilaganman. Ammo tayyorlanganman, aldamayman. Testtan o'ttimmi, bo'ldi...(kuladi) - Yuqorida ismingizni taxullusnamo aytdingiz. Nega o'sha taxallus bilan ijod qilmaysiz? - Bu ham bir kamtarlikda... Arablar shu taxallusni berishgan... - Ko'rinishingizdan o'xshamaydikuya, ammo yig'lab ham turasizmi? - Iya?!..(xayol surib) Yig'lab turaman... Gunohlarim chiqib ketsin shu ko'z yoshlarim bilan deb astoydil yig'layman... - Ko'z yoshlaringizga nima sabab bo'lishi mumkin? - Yuragim yozilishi uchun yig'layman... - Numeralogiyaga ishonasizmi deyman. Telefon raqamingizda ham, mashina nomeringizda ham "1", "5", "7" bor. - Oloh 1 ta! Maktabda 5 olsa hammaga yoqardi. Dunyo 7 kunda yaralgan! Telefon raqamimdagi 15-15 ga kelsam oyning 15 i qorong'i, 15 i yorug'! - Nima sizni g'azabingizga sabab? - Aldash! G'azabim o'ynab ketadi meni aldasa... - Urishqoqmisiz ? - Yo'q... Ammo yoshlikda bo'lgan bunaqa urishishla. Shunga o'sha paytlarda qolib ketgan hamma urishishlarim... Ammo kimdir ko'chada urishayotgan bo'lsa tanimasam ham aralashman chunki men tufayli meni gapim tufayli yarashib ketishi mumkinda... - Qachongacha qo'shiq aytmoqchisiz? -...(o'ylanib qoldi) Buni vaqt ko'rsatadi... - Yaqinda eshitib qoldim qanaqadir qotillarni qidirayotgan ekansizmiey... - To'g'ri eshitibsiz! Yaqinda bir qadrdon Davronjon degan ukamizni 27 yoshida o'z uyidan 2 ta noinsof, (garchi qo'pol bo'lsa ham aytaman) iflos "Mashina olib kelamiz andijondan"- deb pullari xujjatlari bilan olib chiqib ketgan. Yarim yo'lda perevaldagi postga yetmay angrenda uni o'ldirib, chavaqlab ketishgan. Uyidan berib chiqqan ukamiz tobutda qaytdi. Oilasida turmush o'rtog'i guldek qizi chirqirab qoldi. Ota-onasi o'tib ketishgandi. Guldek bolani umriga zomin bo'ldi nomardlar. Qayerdanligini bilmayman ammo erkakni ishini qilishmadi. Agar imkonim bo'lib men birinchi ko'rib ushlab olganimda o'zim bo'g'izlab tashlardim! (jaxli chiqib tutoqib ketti) Afsus iloji yukda. Bu bolalarni qilgan ishini kechirib bo'lmaydi. Yaxshiyam dovondagi pasport nazorati xodimlari xushyorlik qilib qolishagn. Mashinada ketyotganda pasportlarni ko'rib, mashinani tarpedasida turgan ortiqcha pasportga ko'zlari tushib kimnikiligini surishtirishgan va qotillarni dovdirab qolishi ularni shubxalantirib qo'lga olishgan. Xaligacha eslasam qiynalib ketaman... Davronbek yetimparvar bola edi. Nogironlik uylariga borib osh berib turardi. Shuning uchun ham unga atab "Chin do'stga jon fido" nomli taronamni yozdim. - Tabiatan qasoskormisiz? Bo'g'izlab tashlardim deyapsiz... - Yo'q, lekin o'ylab ko'ring, siz nima qilgan bo'lardingiz? 27 yosh bola nobud bo'ldi. Bugungi kunga kelib ular ustidan jinoiy ish ochilib tergov ketyapti jazosini oladi. Bu dunyodagisi kam u dunyoda jaxannamda yonadi! Ammo marxumning oilasi-chi?! - Ko'p chekarkansiz... - Asabiylashsam chekaman. Shu voqea meni qiynayapti. Shunga savolingizdan beri ketma-ket chekyapman. Qolaversa chekishga bora-bora o'rganib qolarkansan... - AQShda ijodiy safarda bo'libsiz? - Gapingiz to'g'ri. 3 fevral kuni AQSh ning Bruklin shaxridagi Millenium konsert zalida "O'zbekiston yulduzlari" nomli shou konsert dasturida yurtimizdan bir nechta san'atkorlari qatorida men ham ishtirok etdim. Har bir ishtirokchi o'zining 4 tadan qo'shig'ini ijro etdi. Qizig'i shunda bo'ldiki endi men 4-qo'shig'imni aytaman deb tursam zaldan bir kishi "Jonli qo'shig'inglar bormi?" deb qoldi... Ustoz Ma'murjon Uzoqovning "Janon bo'laman" nomli qo'shiqlarini bajonadil jonli ijroda kuyladim. Zalda o'tirgan hamyurtimiz xozirda AQShda istiqomat qilayotgan qadrli san'atkorimiz Muxabbat Shamaevani raqsga chorladim. U kishi o'zbekona noz va ishva bilan raqsga tushdilar. Ana olqish, ana qiyqiriq... Demak, o'sha qadim taronalarimiz garchi o'zga yurtda yashashayotgan bo'lsada yurtdoshlarimizga sog'inch xissini bosish tuyg'usini bera oldi. Ular san'at asarlarimizni unutishmagan... - Safardan quruq qo'l bilan qaytmagandirsiz? - Albatta. Axmoq emasmanku, o'shanday yurtga borib quruq qaytishga. Men "lyubitelskiy" kamerada klip uchun syujetlar olib keldim. Agar badiiy kengashdan o'tsa, bir taronamizning klipi sifatida efirga beraman. Yoqmasa esdalik bo'lib qoladi... Ammo shuni alohida aytishim kerakki, o'sha Amerikani O'zbekistonimizning asakasiga alishmayman! - San'atga non topish uchun kirganmisiz yoki nom topish uchunmi? - Men san'atga kirishimdan oldin o'zim non sotib yurgan bola bo'lganman. Bozorda non sotayotib nonni suvga bo'ktirib yeb yurgan bolaman. Boshqalarga o'xshab 8 xil ovqat yemayman xozirgacha ham shunaqaman. Men san'atdan nom topishdan ham ko'ra baxt topish uchun kirganman. Shu baxtimni bilaman. Shu kasbdan rizqimni qachonga yeyish, bu kasbda qachongacha ishlash Olloxni o'ziga ayon. Shukuronalar aytaman xolos! Shoxidi bo'lganingizdek xonandamiz barcha savollarga imkon qadar oshkor gapirishga urindi. Biroq ayrim javoblarni qisqartirishga to'gri keldi. Aytishadiku gapdon odamda so'z bisyor! Barchasini yozishga esa, saxifamiz chegaralangan... Yodgorbek YUKSAL suxbatlashdi.



Категория:
Просмотров: 8973 | Рейтинг: 2| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное