Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Abdurashid Yo‘ldoshevning konsert dasturidan batafsil

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev 24, 25-noyabr kunlari muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining ikki kunlik yakkaxon konsert dasturini xalqimiz hukmiga havola etmoqda.

Kuni kecha mazkur dasturning ilk kuni ko‘ngildagidek o‘tdi. Mazkur dasturni xonanda “O‘lkam” deb nomlangan kompozisiyasi bilan ochib berdi. Ana undan so‘ng konsert boshlovchisi Akmal Mirzo xonandani biroz savolga tutdi. Tashrif buyurganlar nima uchun konsert nomi “Ustozim-shu xalq”” degan savolga to‘liq javob olishdi. So‘ng “Bir shirin”, “Har qarashingdan” deb nomlangan qo‘shiqlar bilan dastur davomlandi.  Muxlislar xonandaning sho‘x qo‘shiqlariga raqsga tushishdi konsert boshidanoq boshlab yuborishdi.  Ketma- ket “Daryo”, “Hayolim o‘zingda”, “Tomosha qil”, “Nozi qoldi” nomli sho‘x qo‘shiqlarini xonanda ijro etganda, yosh-u qari birdek xushnud bo‘lib, konsertdan mamnunliklarini o‘z raqslari bilan izhor etishdi. 1-blok xonandaning jajji qizalog‘i “Robiya”ga atagan qo‘shig‘i bilan yakunlandi. Taronaga “Tantana” guruhining qizaloqlari  go‘zal raqslari bilan yanada bezak berishdi. Abdurashid Yo‘ldoshev qisqa tanaffusda ustoz ijodkor Musaxon Nurmatovning farzandi Yusufxon Nurmatovni taklif etdi. Yosh va umidli xonanda “Laylo” deb nomlangan musiqiy asarini xalqimizga taqdim qildi.

Konsertning ikkinchi qismi “Bog‘ ko‘cha” deb nomlanuvchi qo‘shiq bilan boshlandi. “Barmoqlaring”, “Xabaring yo‘q” taronalari muxlislarni yanada jonlantirdi. Ayniqsa O‘zbkistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda bilan ijro etilgan “Xabaring yo‘q” taronasi alohida e’tibor bilan qarshi olindi. “Ona” deb nomlangan o‘ta ta’sirli qo‘shiq bilan dastur davomlandi va an’anaga muvofiq Abdurashid Yo‘ldoshev volidasiga guldasdaning sarasini taqdim qildi. “Ko‘ngil uchun”, “Sog‘indim”, “Sendan o‘zga” taronalari ketma-ket ijro etildi va sahnaga mahoratli qiziqchi Shukurilla Isroilov ko‘rindi. Konsertning uchinchi qismi boshlangunga qadar Shukurilla Isroilov o‘zining “niyat” haqidagi qiziqarli fikrlari bilan barchaga tabassum ulashdi.

Konsert dasturi “Ko‘zlaring uchun”, “Mastonaginagman”, “Kulasanda”, “Oy qiz”, “Bugundan boshlab”, “Qizil gul”, “Ozorlaringdan”, “Mayli” taronalari bilan davomlandi. Dastur davomida kuylangan qo‘shiqlarga mos ravishda “Tumor” raqs ansamblining lobar qizlari takrorlanmas raqslarini muxlislarga armug‘on etdi. Abdurashid Yo‘ldoshevning yakkaxon konsert dasturi vatanimizni tarannum etuvchi qo‘shiq bilan yakunlandi. Agar siz mazkur dasturdan bahramand bo‘lish istagida bo‘lsangiz oldina yana bir kun bor! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Biz esa xonandaning bugungi konsert dasturiga omad tilab qolamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3279 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Abdurashid Yo‘ldoshev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное