Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Abu Saxiy”ning nomi o‘zgargach, davlat budjetiga 14 baravar ko‘p pul tusha boshladi

Toshkentning eng yirik buyum bozorlaridan biri hisoblangan sobiq “Abu Saxiy” mas’uliyati cheklangan jamiyatida davlat budjetiga bir oyda 5 milliard so‘m pul tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati 5-yanvar kuni ma’lum qildi.

Prezident matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, ushbu bozor “Toshkent ipak yo‘li” majmuasiga aylantirilgandan so‘ng, atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan. Ya’ni, yangi tuzilma yarim oyda davlat budjetiga eski “Abu Saxiy”ning yetti oylik tushumini keltirgan.

Prezident matbuot xizmati “Abu Saxiy”ning nomi o‘zgarganini rasman tasdiqlagan ilk muassasabo‘ldi, biroq bu o‘zgarish aynan qachon bo‘lgani, “atigi 15 kun” deyilganda qaysi sanalar oralig‘i nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etish joiz, bozorning nomi o‘zgargani haqidagi dastlabki xabarlar 2017-yil dekabri o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, biroq hozirga qadar rasman na tasdiqlangan, na rad etilgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3458 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Abu Saxiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное