Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Ada emas, dada” filmi oktabr oyining eng ko‘p tomoshabin to‘plagan filmi bo‘ldi


Rejissor Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada” filmi oktabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Oktabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Ada emas, dada” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” filmlari band etgan.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

2-oktabr — 8-oktabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Ada emas,dada” (komediya)
Rejissor – Mirmaqsud Oxunov

2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

3-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

4-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

5-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)
Rejissor – Imtiyaz Ali



Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3457 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dada, Ada emas
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное