Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Adolat “kurashchisi”ning qismati Yoxud xorijda yurgan “akromiylar”ning antiqa qilmishlari





Insonning o`z oilasiga, jufti haloliga, farzandlariga munosabati uning ichki dunyosi, ma`naviyati, odob-axloqi yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Shu ma`noda bir paytlar balandparvoz shioralr. Hovliqma va`dalar bilan o`rtaga chiqib, ortidan ko`pchilikni ergashtirmoqchi bo`lgan ayrim diniy ekstremistik oqimlar rahnamolari va targ`ibotchilarining bugungi hayoti, turmush tarziga boqib, beixtiyor yuqoridagi mulohaza  xayoldan o`tadi. 

Bir paytlar, esingizda bo`lsa,  “Akromiylar” deb atalmish diniy-ekstremistik guruh bo`lardi. Ularning bosh g`oyasi “barkamol musulmonni tarbiyalash” edi. Naqadar jozibali va jimjimador g`oya. Aslida esa, bu “g`oya”ning targ`ibochilari unga amal qilish o`rniga nainki o`z Vatani va xalqiga, balki  o`z yaqinlari, qondoshlariga ham aziyat va musibat yog`dirishdan boshqasiga yaramadilar.

Baxt ortidagi baxtsizlik
…Gollandiyaning Amsterdam shahridagi mavzelardan birini sayr qilish asnosida o`zbek millatiga mansub ekani yaqqol ko`rinib turgan ma`yus, g`amgin bir ayolga duch kelish mumkin. Shahodat Ro`zieva ismli bu ayolning mahzun nigohlari hayotning juda ko`p g`am-anduhlariga ro`baro` kelganini aytib turibdi. 

Endigina qirqni qoralagan bu ayolning tashqi ko`rinishiga boqib, ellik beshlarga borib qolgan deb o`ylashingiz tabiiy. Ashaddiy radikal ekstremist Husanboy Ro`ziev bilan taqdir rishtalarini bog`lagani ayolning  hayotdagi eng katta xatosi bo`ldi. 

Bir paytlar u juda baxtiyor yashardi. Husanboy singari u ham go`zal va maftunkor Andijonda tug`ilib voyaga etgan. Taqdir taqozosi bilan uchrashdilar, sevishdilar, oila qurdilar...

Tinch-totuv, baxtli yashay boshlashdi. 2000 yillarniyg boshida Husanboy ko`pgina davlatlarda, xususan O`zbekistonda ham faoliyati taqiqlangan “Akromiylar” diniy ekstremistik oqimiga qo`shilib qoldi-yu, hammasi o`zgarib ketli. Ayolining ohu zorlariga, ko`z-yoshlariga parvo ham qilmagan er “akromiylar”ning g`oyaviy botqog`iga tobora botib boraverdi va alaloqibat shu oqimning faol a`zolaridan biriga aylandi. 

Xiyonat botqog`i
U chuqur o`zlashtirib olgan mutaassiblik nazarayasini 2005 yilda Andijonda yuz bergan noxush hodisalar davrida ham qo`llab ko`rdi. Biroq, Farg`ona vodiysining bu go`zal shahrida vaziyatni izdan chiqarish maqsadida uyushtirilgan fitna amalga oshmadi. Yovuz maqsadlariga eta olmagan jinoyatchilarga “sichqonning ini ming tanga bo`ldi”: ular  o`z qilmishlariga yaraga berilajak adolatli jazodan qutulib qolish maqsadida mamlakatdan qochib ketishdi. Husanboy Ro`ziev ham o`sha paytda oila a`zolarini o`zi bilan qochishga majbur qildi. 

Ro`zievlar oilasi Niderlandiyaning Amsterdam shahridan boshpana topishdi. Erining radikal oqimlarga qo`shilib, katta xatoga yo`l qo`ygani, o`z xalqining osoyishta hayotiga rahna solishga  uringanini  anglagan Shahodat uni bu jaholat yo`lidan qaytarishga ko`p urindi.  Biroq, Husanboy o`z xatolarini anglash o`rniga Niderlandiyada biqinib olgan “akromiy”lar bilan eski aloqalarini davom ettirdi. Ular birgalashib, xorijiy media sahifalari orqali hukumatimizga nisbatan fitnangiz chiqishlar qilishni, o`z Vatanlariga tuhmat va ig`vo toshlarini otishni kasb qilib olishdi.

Yomonning bir qilig`i ortiq
Husanboyning kirdikorlari faqatgina Vatanga qarshi jinoyatlari bilan cheklanib qolgani yo`q. Uning o`zga xos “xislatlari” qatoriga  axloqsizlik va behayolik ham qo`shildi. Ruhiy nomutanosiblik va shahvatparastlik 45 yoshni qoralagan Ro`zievni shu darajaga olib keldiki, u hatto katta o`g`li Husniddinning bo`lajak zavjasini yo`ldan urishgacha borib etdi. 

Bu sir fosh bo`lgach, oilada katta mojaro kelib chiqdi. Husanboy o`z aybini tan olib, tavba qilish o`rniga o`g`li va xotinini ayamasdan do`pposladi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, Husanboy “akromiy” safdoshlaridan bir qanchasining qizlari bilan ham “aylanishib” yurar, bu esa “birodar”larining keskin noroziligiga sabab bo`lgan  ekan. 

Xato yo`lga qadam qo`yib, butun oilasini darbadarlikka mubtalo qilgani etmaganidek, erining bu xurmacha qiliqlaridan joni hiqildog`iga kelgan Shahodat ajrashishga qaror qildi. 2016 yilning aprelida Niderlandiya fuqarolik sudi ayolning da`vosini qanotalantirdi. 

Xazon bo`lgan umidlar
Hozir ayolning hayoti birmancha izga tushgandek ko`rinadi. Ammo uni shu ahvolda ko`rib, hayotidan mamnun degan xulosaga borishning iloji yo`q. Axir uch farzandi bilan g`urbat o`lkada, ona Vatan hasrati bilan yashayotgan, umrining 20 yildan ko`prog`ini ekstremistik g`oyalar va axloqsizlik girdobidagi  jinoyatchi, xiyonatkor eriga baxshida etgan, buning evaziga xo`rligu azoblardan boshqa hech narsaga erisholmagan bu ojiza hayotdan mamnun bo`lishi mumkinmi?

Axir uning ham baxtli yashashga, o`z Vatanida, o`z farzandlarining mas`ud damlariga guvoh bo`lishga haqli edi-ku? To`g`ri, uning eng baxtsiz,  qora kunlari xuddi qo`rqinchli tushdek ortda qolgandir. Lekin endi, bundan buyog`iga  nima bo`ladi?  Bu qorong`i, istiqbolsiz muhitdan chiqishning imkoni bormi? Nahotki, bir quloch arqon hammasiga nuqta qo`ysa? 

Ayol bir necha bor o`z joniga qasd qilmoqchi ham bo`ldi. Ammo, onaizor farzandlari Husniddin, Shohsanam va Oyatulloni o`ylabgina bu mudhish rejasidan voz kechdi. Zotan u agar o`ziga bir kor-hol bo`lsa, sobiq, qabohatga burkangan “akromiy” eri  uch jigarbandini taqdir hukmiga tashlab qo`yishini yaxshi biladi...


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 4278 | Рейтинг: 0| Рейтинг: akromiylar, Adolat “kurashchisi, Hiyonat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное