Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Pazanda - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qaxvaxona - soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Afg‘onistondan 13 tonnadan ortiq narkotik Termizga kirib kelgan”. DXX iste’fodagi polkovnigi “Ginness rekordlari kitobi”ga kiritilishi mumk
Davlat xavfsizlik xizmatining Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, iste’fodagi polkovnik Erkin Abdullayev 1992-yilda ancha shov-shuvga sazovor bo‘lgan jinoyat ishi tafsiloti bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, 1992-yilning 8-oktabr kuni Termiz shahrida 30 tonnaga yaqin yuk Afg‘onistondan tranzit kirib kelgan. Quritilgan mayiz joylashtirilgan qutilar bojxona tekshiruvidan o‘tkazilgan. Hujjatlarda ko‘rsatilishicha, bu mahsulot Sobiq Ittifoq davlatlari, Belgiya, AQShdan o‘tib, Kanadaga yetib borishi kerak bo‘lgan.

Konteynerlarni tekshirish chog‘ida haqiqiy mayiz qutilari orasida g‘isht shaklida taxlangan narkotik modda – gashish topilgan. Jami 1305 qutida bir kilogrammli 13 tonna 50 kilogramm gashish moddasi qo‘lga tushirilgan.

Termiz bojxonasi 12-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 69-moddasi (kontrabanda) asosida jinoyat ish ochgan va tergov ishlarini davom ettirish uchun DXXga yuboradi. Ishni Erkin Abdullayev qabul qilib olgan. U hodisa joyiga chiqib, tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov eksperimenti hamda voqea guvohlari bilan suhbatlar o‘tkazgan.

Kimyoviy ekspertiza qo‘lga tushirilgan narkotik moddaning gashish ekanini tasdiqlab bergan. Mahsulotning ekspeditsiya hujjatlarida yozilishicha, yuk M.Yunus tomonidan M.Yusufga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan, “mayiz”larning narxi 22 400 AQSh dollari etib ko‘rsatilgan. Ashpan-forvarding end paking ko LTD transport-ekspeditorlik kompaniyasi yukni manzilga yetkazib berishni zimmasiga olgan.

DXX AQSh Adliya vazirligi huzuridagi narkobiznesga qarshi kurashish xalqaro tashkiloti bilan aloqa o‘rnatgan. Amerika tomoni “noyob mahsulot”ga qiziqish bildirgan va ushbu jinoiy ishga aloqador shaxslarni topish hamda ularni jinoiy javobgarlikka tortishga va’da bergan.

Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, 1993-yilning yoziga kelib, bu jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov ishlari to‘xtatilgan. 1994-yilda xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirokida 13 tonna 50 kilogramm gashish yoqib yuborilgan.  1998-yilda AQSh M.Yusuf va M.Yunusni qo‘lga olgan. San-Fransisko shahrida bo‘ladigan sud jarayonida Erkin Abdullayev ham ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Ayrim mulohazalarga ko‘ra, u Amerikaga borolmagan.

“Bugun birinchi marta shaxsiy mulohazamni aytishimga to‘g‘ri keladi shekilli. Amerika tomoni bizdan qo‘lga tushirilgan 13 050 kilogramm ‘mayiz’ni berishni so‘raydi. Tabiiyki, biz rad javobini berganmiz. Chunki u biz uchun jismoniy dalil edi”, — deydi u.

Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, Bojxona xizmati bo‘ladimi, DXX tomonidanmi qo‘lga tushirilgan narkotik moddalar to‘g‘risida operativ ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng tarqatiladi. Uning kuzatishlaridan ma’lum bo‘lishicha, hali bunday yirik miqdorda taqiqlangan moddalar qo‘lga kiritilmagan.

“Darvoqe, amerikaliklar 1992-yilgi Termiz voqeasini ‘Ginness rekordlari kitobi’ga kiritish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga va’da bergan edi. Afsuski, bu quruq gap bo‘lib qolib ketgan”, — deya ta’kidlaydi u.

Toshkent viloyatida 77 kg giyohvandlik vositasini kartoshka ko‘rinishida yashirgan narkokuryerlar ushlangani, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Namanganda giyohvand moddalarni mamlakat hududiga olib kirgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1777 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kelgan, ortiq, kirib, Termizga, narkotik, Afg‘onistondan, 13 tonnadan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное