Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ishq Jodusi - All I want
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Osiyo-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Ayol Qalbi - True Love
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»


Birinchi taassurot butun umrga saqlanib qoladi, degan gapni eshitgansiz, to‘g‘rimi? Tomoshabin aktyor yoki xonandaning sahna chiqishini ko‘rganida, u haqida xulosa chiqarib bo‘ladi. Gapni nega bu tariqa boshlaganimizga qiziqayapsizmi? Chunki bugun aktyor, Ahmad TEMUROV bilan uchrashdik.

KELGUSIDA XONANDA BO‘LAMAN...

Bolaligim bobom va buvim bilan o‘tgan. Rahmatli bobom, O‘zbekiston san’at arbobi Temur Mahmudov qaerga bormasin meni o‘zi bilan olib ketardi. San’atga bo‘lgan qiziqishim o‘sha davrlardan boshlangan. Turli tadbir, ma’rifiy-madaniy kechalarda birga yurardik. Glier nomidagi maxsus akademik litseyining ana’naviy ijrochilik yo‘nalishida tahsil olishimda ham ko‘p yordam bergan. Televizordagi har bir chiqishimni ko‘rib, xursand bo‘lishlari ko‘z oldimda. Dadam va amakim san’at yo‘lini tanlamashmagan, lekin men kasb davomchisiga aylanganim bois qo‘llab-quvvatlab, ruhlantirib turishardi. Sahnadagi chiqishlarimga bobom muxlis sifatida ham baho berar edi. Sahnada baqirib gapirsam «Bolam, sen zaldagilarga baqirma. Pastroq tovushda, so‘zlaringga kerakli urg‘u bergan holda gapir. Ana shunda fikring tomoshabinlarga tezroq yetib boradi» degandi. Har safar sahnaga chiqishimdan oldin bobomning ana shu o‘gitlarini yodga olaman. U kishi xonanda bo‘lishimni juda istardi. Nasib qilsa, bu orzularini ham amalga oshiraman.

BAHOR BU – SEVGI...

Bahor mening eng sevimli fasllarimdan biri. U kelishi bilan nafaqat tabiat, balki insonlar ham, ayniqsa, qizlar o‘zgara boshlashadi. Shaxsan men uchun ko‘klam muhabbat fasli! Gapni sevgi mavzusiga burganimdan hoynaxoy ko‘ngil qo‘ygani bormikan deb o‘ylayapsizmi? Aniqlik kiritib o‘tay, bo‘ydoqman, sevgan qizim ham yo‘q. Ammo qalbim malikasini izlayapman... (kuladi).

MENGA «TEMIR XOTIN» KERAK!

Oilada to‘ng‘ich farzandman. Uydagilar uylanish haqida ko‘p gapirishadi. Fikrimcha, bunga hali vaqt bor. Chunki oila qurish uchun avvalambor inson o‘zi tayyor bo‘lishi kerak! Nasib qilsa, shu yoki keyingi yil uylanish niyatim bor. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni tasavvur qilganimda uni xuddi «Temir xotin»dek ko‘raman. Mahallada ulg‘ayganim bois hovli ishlariga faqat «Temir xotin»gina chidashi mumkin deyapman-da. Chaqqon, hushmuomila va donoligi bilan buvim va ota-onamning ko‘nglini olishi, qolaversa juda chiroyli bo‘lishini hoxlayman.

Kelin tanlashni oyimdan ham ko‘ra ko‘proq buvimga ishonaman. Didimiz deyarli bir hil. Bundan tashqari, bu ishda ular kabi professional inson bo‘lmasa kerak. Hatto, mahalladagilar ham juda ko‘p maslahat olishadi.

Fakt

Ahmad Temurov 1991 yili tug‘ilgan. Oilada to‘ng‘ich farzand, ikkita singilning mehribon akasi.

Aliya SULAYMANOVA



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4934 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ahmad Temurov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное