Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Akfa universitetiga bu yil 100 nafar talaba bepul o`qishga qabul qilinadi


"Akfa Medline" tibbiyot majmuasida Akfa universiteti tashkil etilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda universitet haqida ma`lumotlar berildi, deb yozmoqda O`zA.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi “Akfa universitetini tashkil etish to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan bilim yurtida ta`lim jarayoni xorijiy hamkorlarning o`quv rejalari va dasturlariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim davlat standartlari hamda davlat talablari hisobga olingan holda ingliz tilida tashkil etiladi.

Bu yil universitetga 100 nafar talaba bepul o`qishga qabul qilinadi.

Tadbirda ma`lumot berilishicha, universitet tibbiyot, qurilish sohasi ( arxitektura, muhandislik va dizayn), sanoat sohasida ( muhandislik ) yo`nalishlarida bakalavr va magistratura bosqichida ta`lim beradi.

Akfa universitetida o`qish 2019 yil 1 sentyabrdan boshlanadi va birinchi bosqichda talabalar tibbiyot yo`nalishi bo`yicha 2019-2020 o`quv yillari uchun o`qishga qabul qilinadi. Ta`lim jarayoni Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tibbiyot yo`nalishi talabalari 6 yil tahsil olishadi va ta`lim ingliz tilida olib boriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5455 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Akfa universiteti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное