Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Akmal Nazarov - Filmografiyasi va hayoti haqida

  Akmal Nazarov - Filmografiyasi, hayoti haqida

Akmal Nazarov 1985-yil 17-Dekabrda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Nazarov o’rta maktabni tamomlagandan so’ng Namangandagi  ma’daniyat kollejida tahsil oladi. Kollejni 2004-yilda tamomlab hozirgi Toshkent davlat sa’nat va ma’daniyat oliygohida Musiqiy teatr aktorligi fakultetiga qabul qilinadi va 2008-yilda tamomlaydi.
Akmal Nazarov dastlab 2008 -yildan o’z ijodiy faoliyatini boshlagan. U 2009- yilda “Hayot jilgalari” serialida bosh ro’llardan birini o’ynab tanilgan. 
Nazarov 2010- yilda “Umid” filmida sur’atga tushadi va bu film unga katta shuhrat keltiradi va shu yilda rejissyor  Zamira Begumqulovaning Opa Singillar nomli serialida sur’atga tushadi va kutilgan ijobiy natijaga erishadi. Nazarov 2012-yilda “Mexrigiyo” kinosida o’ynagan roli esa Nazarovga omadsizlik olib keldi. 2014- yilda Nazarov ikki kinoda sur’atga tushdi ulardan Rejissyor Shuxrat Abbosovning “Dilor Dilor Dil va or” kinosi bu kino Nazarovga katta e’tirof beradi. Nazarovga yana bir “Qadamlar” kinosi katta shuhrat olib keladi. Nazarov 2015-yilda “Ko'z yoshim”  
2016- yilda  “Ko'z yoshim 2”, 2017- yilda “Ona qizim”, “Fitna” nomli kino va seriallarida sur’atga tushib berilgan rollarini maromiga yetkazib ijro etadi. Nazarov  2018-yil “Tuxmat girdobi” serialida salbiy qahramon rolini ijro etadi va shu rol orqali Nazarovning ochilmagan qirralari ijodidagi ya’na bir yangi yo’nalishni ochib beradi. 2019-yilda Prodyusser Ruslan Mirzayev tomonidan Rejisyor Ozod Shams filmi “Snayper” filmida ham Nazarov yana bir salbiy qahramonni gavdalanadi. Shu yilda Nazarov  Rejisyor Dilshod Ahmedovning“Saboq” serialida bosh qahramonlaridan biri bo’lmish Bekzod rolida gavdalanadi bu serialdan so’ng Nazarovga ko’plab seriallarda takliflar tushadi. 
2020- yilda Nazarov “Shallaqi” kinosida sur’atga tushadi. ,,Covid 19” sababli Boshqa kino va seriallarni rad qiladi. 2021 -yilning boshidan “Aybsiz aybdor” kinosida sur’atga tushadi bu film Nazarovga yana ulkan omad va ko’plab  e’tiroflarni olib keladi.  Shu yilda “Ikkinchi xotin” serialida sur’atga tushadi. 2022- yilda Nazarov “Qora quti” va “Zebo” seriallarida ham rollar ijro etadi  bu seriallar ham Nazarovga nafaqat e’tibor balki kattagina daromad ham olib kelgan.


Manba:dimu21
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 682 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Akmal Nazarov - Filmografiyasi va h
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное