Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Pazanda - Soundtrack
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aktrisa Durdona Qurbonova javobgarlikka tortildi
22 avgust kuni aktrisa Durdona Qurbonova avtomobil boshqarish jarayonida chap qo‘lida pardoz vositalari, o‘ng qo‘lida telefon tutgan holatdagi video tasvirini Instagram sahifasiga “storis” ko‘rinishida joylashtirgandi.

“Suratga olish jarayonlariga shoshayotganimda har doim bo‘yanib ketaman. Qo‘limda bo‘yanadigan narsalarim, yonimda kosmetika. Yaxshiyam ko‘p pardoz qilmayman” degan edi aktrisa.

Holat aks sadosini ko‘p kuttirmagan va ko‘p millionlik auditoriyaga ega aktrisaga qonuniy chora ko‘rilgan. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahar IIBB YHXB Telegram-kanalida xabar berildi. 

“2022 yil 22 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda 1998 yilda tug‘ilgan Durdona Qurbonova AEOLUS rusumli transport vositacida Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab uyali aloqa vositasidan foydalanib harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqalgan. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari holat yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi haydovchi Durdona Qurbonovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-1-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib  haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi”, deyiladi xabarda. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasiga binoan Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida (900 000 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, haydovchilar ushbu qoidabuzarlikni bir marta sodir etsa, ularga jarima jazosi qo‘llaniladi. Agar xuddi shunday qoidabuzarlik ikkinchi marotaba takroran sodir etilsa, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishiga sabab bo‘ladi.

O‘z navbatida Durdona Qurbonova ham o‘zining Instagram sahifasiga bayonnoma rasmiylashtirish jarayonidan video joylashtirgan.

“Xavotir olmanglar, mana, kelib jarima to‘lab ketyapman, ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin”, degan Qurbonova.

Ma’lumot o‘rnida, Durdona Qurbonova 1998 yil 2 iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston san’at va madaniyat institutini tamomlagan. 50 ga yaqin film, seriallarda bosh  rollarni ijro etgan. Uning Instagram’dagi obunachilari soni 3,7 milliondan ortiq


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5328 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Durdona Qurbonova, tortildi, aktrisa, javobgarlikka
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное