Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Aktrisa, xonanda, yozuvchi. Priyanka Chopra haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 12 fakt

Hind yulduzi Priyanka Chopra, mahorati va go‘zal qiyofasi bilan nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham esda qolarli rollari bilan yaxshi ma’lum. Eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lgan Priyanka haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

1.Aktrisa ilk bor «Baza Kuantiko» serialining kastingida ishtirok etgan. Bunga qadar o‘nga yaqin filmda suratga tushgan bo‘lsa ham ularning hech biriga kasting orqali qabul qilinmagan. 2000 yil «Dunyo go‘zali» deb topilgani, keyin esa ijro mahorati sabab boshqa filmlarga ham taklif qilingan va kastingga hojat bo‘lmagan. Shu sabab aktrisa kastingdan avval qattiq hayajonlangan. Ammo 50 ga yaqin filmda suratga tushganini eslab, o‘zini qo‘lga olgan va rolni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
2. Priyanka, Amerika serialida suratga tushgan ilk Bollivud aktrisasi.
3. U 2013 yilda, Disney’ning «Samolyotlar» multfilmidagi Ishani qahramoniga ovoz bergan.
Priyanka onasi bilan birga Purple Pebble Pictures kino kompaniyasiga egalik qiladi. Kompaniya kam byudjetli film suratga olishga ixtisoslashgan bo‘lib, yosh ssenariy mualliflari, rejissyor, texnik xodimlar o‘zini tanitishiga yordam beradi.
5. Chopra xonim nafaqat aktrisa, balki xonanda sifatida ham ma’lum.
6. Bundan tashqari, taniqli gazeta va jurnallarda Priyankaning mualliflik maqolalari ham chop etiladi.
7. Priyanka memuar yozadi va karera gullab-yashnagan, odamlar bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan voqealar bor vaqtda memuar yozish kerak deb biladi. Uning qalamiga mansub «Tugallanmagan» deb nomlangan memuar 2020 yilning so‘ngiga qadar taqdim qilinishi kutilmoqda.
8. Aktrisa xayriya ishlarida ham faol qatnashadi.
9. U uzoq vaqtdan buyon YuNISEFning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi.
10. Bollivud yulduzi, gersoginya Megan Markl bilan yaxshi do‘stona aloqada. Malika bilan ziyofatlardan birida tanishgan aktrisa, qirollik oilasi vakillarining nikoh marosimiga ham taklif qilingan.
11. 2016 yilda u Hindistonning eng yuksak mukofotlaridan biri bo‘lgan «Padma Shri»ni qo‘lga kiritgan.
12. Priyankaning I Can’t Make You Love Me nomli uncha mashhur bo‘lmagan qo‘shig‘iga olingan klipda, aktyor Maylo Ventimilya suratga tushgan.


Manba:shejot.com
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 14325 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Priyanka Chopra
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное