Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Aleksandr Geynrix faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradimi?


Futbol bo‘yicha Oliy Liga ishtirokchisi hisoblanmish “Buxoro” jamoasi yangi mavsumda o‘z tarkibiga tajribali hujumchi Aleksandr Geynrixni qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston chempionatining “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Aleksandr Geynrixning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetgan.

“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, Aleksandr Geynrixni o‘z jamoasiga taklif etmoqchi.

Xabarda aytilishicha, Geynrix katta ehtimol bilan kelasi mavsumdagi faoliyatini Oliy Liga klublarining birida davom ettiradi.

Geynrix yangi mavsumda “Buxoro” to‘purari Ivan Nagaevning o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda. Buxoroliklar bu borada o‘ziga xos rokirovkani amalga oshirishga yaqin.

O‘zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan Ivan Nagaev kelasi yil faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettirish ehtimoli yuqori ekanligi aytilmoqda. Biroq Nagaev xizmatlariga Qozog‘istonning aynan qaysi klubi qiziqish bildirayotganligi noma’lum.

Shuningdek, “Buxoro” jamoasi joriy mavsumni Qozog‘istonning “Atirau” klubida o‘tkazayotgan sobiq futbolchisi Shavkat Salomovni ham qaytarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Geynrix joriy yilning 5 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvi (0:0) dan so‘ng hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.

Ma’lumot uchun, “Buxoro” jamoasi Oliy Liganing joriy mavsumida 28 uchrashuv o‘tkazib, 43 ochko bilan musobaqaning 5-o‘rnini egallab turibdi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3240 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Aleksandr Geynrix
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное