Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qirolicha - Soundterck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Choli Qushi-soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Alla Pugachyova nafaqasi kamligidan nolidi


Rossiyalik mashhur xonanda Alla Pugachyova 17 ming rubllik nafaqasi kamligidan nolidi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Afsonaviy xonanda Alla Pugachyova nafaqasi 17 ming rubldan oshmasligini ma’lum qildi. Pugachyova “SSSR xalq artisti” va “Chernobil AESi halokati ishtirokchisi” sifatida maxsus qo‘shimchalar bilan birga yuqoridagi miqdorda nafaqa oladi.

Alla Pugachyova nafaqaga chiqqanda, uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin sobiq sho‘ro tuzumi davrida Alla Pugachyovaning million adadda plastinkalari chiqqanligini, Chernobilda konsertlar o‘tkazganligini, bir umr tinmay mehnat qilganiga qaramay, arzimagan nafaqa olayotganligini ma’lum qildi.

Nashrning xabar berishicha, xonanda nafaqasi kamligi haqida 25 millionga tushgan nabirasining to‘yiga tashrif buyurgan mehmonlarga noligan. “Nafaqam kam bo‘lsa ham yana bir yil yordam bera olaman!”, dedi Pugachyova nabirasiga yana bir yil yordam bera olishiga shama qilib.

Mish-mishlarga qaraganda, Alla Pugachyova juda ko‘pchilikka yordam beradi. U nogironlik aravasiga mixlangan muxlisiga muntazam ravishda moddiy yordam berib keladi. Shu bilan birga sahna faxriylaridan ham yordamini ayamaydi. Artist Tatyana Samoylova hayotligida poliklinikaga qatnashi uchun unga avtomobil sovg‘a qilgan edi.

Nafaqasi kamligidan noliganiga qaramay, Forbes talqiniga ko‘ra, Alla Pugachyova Rossiyaning eng mashhur va boy odamlari ro‘yxatiga kiritilgan. Nashr reytingiga ko‘ra, xonanda yiligi 4 million dollar ishlab topadi. Ayni kunlarda uning boyligi taxminan 100 million dollar, deb baholangan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3399 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Alla Pugachyova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное