Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Alloh menga sinov berdi”. Ra’no Shodiyeva operatsiyani boshdan kechirgani hamda Turkiyada davolanayotgani haqida

So‘nggi kunlarda aktrisa Ra’no Shodiyevaning xastalikka chalingani va Turkiyada davolanayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bunga aktrisaning Instagram tarmog‘iga joylagan ba’zi postlari sabab bo‘ldi. U Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan oilaviy fotosessiyasidagi suratlarni joylab, sog‘lig‘i yomonligini sezdirmaslikka harakat qilgani va bunda unga aktrisaligi qo‘l kelganini yozgan. Aktrisaning salomatligi bilan bog‘liq savollarga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova u bilan suhbatlashdi.

— Ra’no opa, muxlislaringiz sizdan xavotirda. Haqiqatan ham sog‘lig‘ingizda jiddiy muammo bormi?

— Alloh menga shunday sinov berdi, hozirgi kunda undan muvaffaqiyatli o‘tishga harakat qilyapman. Allohga shukr, ko‘p narsa ortda qoldi. Rosti, bu to‘g‘risida gapirish men uchun juda og‘ir. Chunki bu haqida gapirishga tayyor emasman. Lekin shuni ayta olamanki, juda katta amaliyotni boshdan o‘tkazdim. Shukrki, hozir oilam bag‘rida ekanimdan xursandman.

— Hozir nimalar haqida o‘ylayapsiz?

— (biroz o‘ylanib) Hayot haqida ko‘p o‘ylayapman, ammo ko‘nglimdan o‘tayotganlarini tushuntirib berolmayman. Ularni odamlarga aytish niyatim yo‘q. Ichimdagi xayollarim o‘zim bilan qolgani yaxshi.

— Bir necha oydan buyon Turkiyada yashayapsiz. Avvaliga sizni “Jaloliddin Manguberdi” serialining davomida suratga tushish uchun Istanbulga ketdingiz, deb o‘ylagandik.

— Serialning davomi olinishi haqida eshitdim. Hali aniq biror narsa deyolmayman. Buni rahbariyat va prodyuserlar hal qiladi. Nasib qilsa, serialning davomi suratga olinishi kerak u nihoyasiga yetmagan.

— Hamkasblaringiz Rayhon Ulasenova va Feruza Normatova hijobga kirib, ijoddan biroz chetlashdi. Sizningcha, ularning rolini kimlar davom ettirishi mumkin?

— Rayhon va Feruza go‘zal libosga o‘ranishdi, ammo bu san’atdan ketdi degani emas. Chunki ularning ikkisi ham hozirgi kunda san’atda juda faol. Menimcha, ularning bundan keyingi rollari tanlagan rollariga mos bo‘ladi. “Jaloliddin Manguberdi” serialidagi rollarini davom ettirishlariga hech qanday to‘sqinlik bo‘lmaydi. Libos ustalari ikki aktrisamizning ro‘mollariga mos liboslar yaratishsa, hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

— “Kurkut ota” festivaliga mehmon sifatida taklif etilgan edingiz, ammo Turkiyada bo‘la turib, unda ishtirok etmadingiz. Buning sababi salomatligingiz bilan bog‘liqmi?

— Shunday desa ham bo‘ladi. Festivalga bir oy avval taklif qilib, biletlar yuborishgandi. Haqiqatan ham festival o‘tadigan kunlari Turkiyada edim. Aslida festivalga bordim, chunki hamkasblarimni sog‘ingandim. Yarim soat o‘tirib, ortga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Shu bois o‘zbekistonlik mehmonlar qatorida bo‘lolmadim.

— Toshkentga qachon qaytasiz?

— Xudo xohlasa, albatta, qaytaman. Yangi yilni nishonlash uchun Toshkentga bordik. Oilam davrasida bo‘lgim keldi. Albatta, qaytish niyatim bor, ammo hali bu yerda tugatilmagan ishlarim talaygina. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo‘ladi.

Aktrisaga sog‘liq tilaymiz. U vujudidagi xastalikni yengib, oilasi bag‘riga tezroq qaytishini va muxlislarni yanada turli-tuman rollari bilan xushnud etishiga ishonamiz. Undan yana “Vatan”, “Maktub”, “Qizg‘aldoq” va “O‘tov” filmlaridagi rollari kabi yorqin va takrorlanmas ijrolarni kutib qolamiz.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1944 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hamda, haqida, boshdan, davolanayotgani, Turkiyada, operatsiyani, kechirgani, Ra’no Shodiyeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное