Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Amerikalik aktyor Ken Xovard vafot etdi

Amerikalik aktyor Ken Xovard 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda AQSh kinoaktyorlar gildiyasi hamda radio va televideniye artistlari federatsiyasi (SAG-AFTRA) bayonotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Xovard ushbu federatsiyaning prezidenti edi. “Ken ilhomlantiruvchi rahbar edi va uning o‘limi SAG-AFTRA, uning oilasi va barcha uni bilganlar uchun ulkan yo‘qotishdir”, — deydi tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi Gebriel Karteris.
Aktyor o‘limining sabablari ma’lum qilinmagan.
Ken Xovard 1944-yilning 28-martida dunyoga kelgan edi. U tomoshabinlarga birinchi galda “1776” filmidagi prezident Tomas Jefferson va “Oq soya” serialidagi basketbol murabbiyi rollari bilan tanishdir. “Kulrang bog‘lar” filmidagi roli uchun “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. 2009-yilda aktyor AQSh kinoaktyorlar gildiyasi prezidentligiga saylangan.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4114 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ken Xovard
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное