Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Amerikaliklar virtual ko‘zgu ixtiro qildilar


Bugungi kunda uyda o‘tirib, internet orqali o‘z yumushlarini osonlashtirayotgan insonlar talaygina. Asosan internet orqali kiyim-kechaklar va hatto, oziq-ovqat mahsulotlari ham buyurtma qilish mumkin. Bunday xizmat turi jahonda ancha ommalashib, odatiy holga aylanishga ulgurgan.

Ba’zan internet orqali buyurtma qilingan kiyimlar o‘z egasiga mos kelmasligi mumkin. Endi bunday muammoning oldi olinadi.

Internet orqali katta hajmdagi oldi-sotdi xizmatini taklif etuvchi Amerikaning Amazon kompaniyasi virtual ko‘zgu ixtiro qildi hamda ushbu kashfiyot uchun patent olishga ham ulgurdi.

Virtual ko‘zgu kiyim-kechaklarni buyurtma qilayotgan xaridor ustida qanday “turishi”ni aniqlab beradi. Ko‘zguda turli sharoitlarga mo‘ljallangan buyruqlar bor.

Masalan, buyurtma qilinadigan kiyimning ishda, do‘stlar bilan uchrashuvlarda, ko‘chada qay darajada ko‘rinishini baholashga imkon yaratadi.

Hozircha bunday virtual ko‘zgular qachon foydalanishga topshirilishi noma’lum.

Durdona Rasulova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2937 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Amerikaliklar, virtual ko‘zgu, ixtiro qildilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное