Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Ana xolos! Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli avtomobil 7 marta qizil chiroqni pisand qilmadi



O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘llarda eng ko‘p qoida buzayotgan avtomobillar bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor etib, ularni beshtalik reyting asosida taqdim etdi.
 
Bu galgi “reyting”da poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “Gold Air Travel” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli  Malibu rusumli,  davlat  raqam  belgisi  01  216 WDA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi “G‘olib” deb topildi. U o‘z boshqaruvidagi avtomashinada ko‘p emas, oz emas – jami 17 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzishga “jazm”  etdi.  Ushbu  qoidabuzarliklarning  16 tasi  belgilangan  harakatlanish  tezligi  talablariga  bo‘ysunmaslik, 1 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida marakatlanish holatlaridir. Tabiiyki, qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham “salmoqli” bo‘ldi – 8 million 87 ming 850 so‘m!
 
“Ikkinchi o‘rin”ni Yunusobod tumanidagi  “Bilol  Myagkaya krovlya”  korxonasiga tegishli Lacetti rusumli (davlat raqam belgisi  01  305  YDA) avtomashina  haydovchisi  “egalladi”.  U qoidabuzarliklari tufayli 13 marta kuzatuv  kameralariga tushgan.  Jumladan, manzilga judayam oshiqqan shekilli, 11  marta  tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan,  2  martasida  svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunishni  xohlamagan.  Umumiy  jarima  miqdori  esa  2 million 845 ming 725 so‘mni tashkil etgan.
 
Toshkent  shahar  hokimligining  Ma’muriy  binolardan  foydalanish direksiyasiga tegishli Epica rusumli avtoulov haydovchisiga ham sovrinli o‘rin “nasib” etdi. Haydovchi davlat raqam belgisi 01 206 TVA bo‘lgan mazkur  transport  vositasini  boshqarayotib,  “bor-yo‘g‘i” 12 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzdi va shubhasiz videokameralar nigohidan chetda qolmadi. Aytgancha, Epica haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasini xush ko‘rmaydiyov. Aks holda, chorrahalarda 7 marta “qizil”da o‘tmasdi.
 
Uchinchi o‘rin “sohibi” endi qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun 2 million 845 ming 725 so‘m miqdorida jarima to‘laydi. Olmazor  tumanidagi  “Orange taxi”  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatiga  qarashli  Nexia  rusumli (davlat  raqam  belgisi  01  270  TTS) avtomobil  haydovchisi  “reyting”ning  keyingi  o‘rnini  band etdi. Negaki, “ko‘rsatkichlari” yomon emas  –  u  kuzatuv  kameralari  ishga tushganidan buyon 11 marta qoidabuzarliklarni  sodir  etgan.  Bunday “natija”ga  erishish  oson  bo‘lmasa kerak, nima dedingiz...
 
Darvoqe,  yuqoridagi  qoidabuzarliklar  uchun  jarimalar  miqdori  – 2 million 96 ming 850 so‘m.
 
Va nihoyat, so‘nggi – beshinchi o‘rin  “sohibi”  bilan  tanishing. Sergeli tumanida joylashgan mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  shaklidagi  “Global  Building  Machinery” korxonasining  Malibu rusumli  (davlat raqam  belgisi  01  077  VDA)  avtomashinasi haydovchisi 9 marta kuzatuv kameralariga “suratga tushish” bilan ana shunday sharafga “muyassar”  bo‘ldi.  U  shundan  8  martasida belgilangan  tezlik  talablariga  amal  qilmagan. Bir holatda esa svetoforning qizil chirog‘ini “ko‘rmay qolgan”. Unga 2 million 695 ming 950 so‘mlik jarima solingan.
 


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4790 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное